Frensis Bekonning ta’kidlashicha, insonning mohiyatini, tana
bilan jonning birligi tashkil etadi. Inson joni tanadagi asablar,
arteriyalar bo'ylab suzib yuradi, ya’ni harakatda bo‘ladi. Uning
bir uchi, shubhasiz, miyaga borib taqaladi. Shuning uchun
ham, inson tanasi bo‘ylab harakat qilib turgan jon — moddiy
substansiyadir, ya’ni «haqiqiy materiya»dir. U bamisoli olov va
havoga o‘xshaydi.
Uning fikriga muvofiq inson, «tabiatning sharhlovchisi va
xizmatchisidir»1, o‘z turmushining chinakam egasi bo‘lishi
mumkin bo‘lgan qudratdir. Frensis Bekon o‘zining «Yangi
Organon» (1620) asarida insonning tabiat ustidan hukmron
bo‘lishida fan yutuqlariga tayanish zarur ekanligini har to
monlama isbotlab berdi. Fanni har tomonlama rivojlantirish,
xususan, insonning tabiat ustidan hukmronligini ta ’minlamoq
uchun fan tabiatda ro ‘y beradigan turli hodisalar sodir
bo‘lishining haqiqiy sabablarini payqab olishi darkor. Fan
hodisalar, voqealar sodir bo‘lishining haqiqiy mohiyatini ochib
berish uchun uni yaxshi metod bilan qurollantirish, buning
uchun tadqiqot uslublarini isloh qilish zarur, deb hisoblaydi.
Olam to ‘g‘risidagi turli m a’lumotlarni umumlashtirishning eng
muhim vositasi induksiya, deb tushunadi. Bekonning fikriga
ko‘ra, hodisalar, voqealar, jumladan, insonning shakllanish
jarayonini bilishda ham fan induksiya uslubi bilan qurollanishi
zarur.
Bekonning fikriga ko‘ra, inson analitik fikr yuritish, ya’ni
har tomonlama tahlil qilish orqali olamdagi hodisalar, vo-
qealarning haqiqiy mohiyatini bilib olmog‘i zarur. Buning uchun
esa, tajriba orqali olingan ma’lumotlarni o ‘zining fahm-farosati,
fikr-mulohazasi chig‘irig‘idan o ‘tkazmog‘i, ulardan umumiy
hukmlar, xulosalar chiqara bilmog‘i darkor. Shuning uchun ham,
chinakam tadqiqotchi faqat turli fakt va raqamlar, dalillarni
to ‘plash bilan chegaralanib qolmasligi, balki ulardan aniq
hukmlar, xulosalar chiqarish malakasiga ega bo‘lmog‘i darkor,
deb hisoblaydi.
Ma’rifatparvarlik g‘oyalari xazinasiga munosib ulush qo‘shgan
Dostları ilə paylaş: