O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Гоббс Т. Избранные произведения. В двух томах. Том 1, М ., 1964



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Гоббс Т. Избранные произведения. В двух томах. Том 1, М ., 1964,
442-bet.
2 0 ‘sha asar, 229-bet.
1 0 ‘sha asar, 229-bet.

Mashhur ingliz faylasufi Jon Lokk 1632-yilda Rington shahrida advokat
oilasida tug‘ilgan. Tlinster maktabida o ‘qigan. Oksford universitetini tugatgan. Falsafa,
tabiatshunoslik va tibbiyotni mukammal o'rgangan. Oksford universitetida o'qituvchi
bo‘lib ishlagan. 1682-yildan e ’tiboran Gollandiyada yashagan. 1688-yilda Angliyaga
qaytib kelgan. 1704-yilda vafot etgan. U ning inson to‘g ‘risidagi qarashlari «Inson
aqli haqida tajriba» (1690-y.) asarida bayon etilgan.
292


darkor. Har qanday bilim yoki g‘oyaning manbai tajribadir»1. 
Lekin tajribadan hosil bo‘lgan g‘oyalar bilim uchun mate- 
rialdir, xolos. G ‘oyalarning bilim darajasiga ko‘tarilmog‘i uchun 
uni farosat chig‘irig‘idan o ‘tkazib, qayta ishlov berish darkordir. 
Ana o‘shanda oddiy g‘oyalar o‘zgarib, haqiqiy bilimlarga ayla- 
nadi.
Jon Lokk «Aqlni boshqarish haqida» (1706-y.) asarida 
ta’kidlaganidek, inson — faoliyat ko‘rsatuvchi mavjudotdir. In­
son faoliyat ko‘rsatishda o‘z aqlida mavjud bo‘lgan bilimlarga 
tayanadi. Tabiiyki, insonning barcha jabhadagi faoliyatini aql 
o‘zining ko‘zga ko‘rinmas kuchi bilan boshqaradi. Qalb aqlga 
quloq soladi, unga ergashib boradi va unga bo‘ysunadi. Shuning 
uchun ham ingliz mutafakkiri insonning aqliy kamoloti haqida 
doimo qayg‘urish, uni yangi bilimlar bilan qurollantirib turish- 
ga da’vat etadi2. Aqlni yangi bilimlar bilan qurollantirmoq uchun 
inson o‘zining fikr yuritish malakasini doimo takomillashtirib 
turishi lozim ekanligini uqtiradi. Fikr yuritish malakasini ta- 
komillashtirish yo‘llarini va uslublarini aniqlab berishga intiladi. 
Lokk fikr yuritish malakasini shakllantirish uchun har bir 
dalildagi umumiylikni aniqlash, butun tajriba m a’lumotlari 
yig‘indisini yaxlit deb qarash (butun va bo‘lak aloqadorligi), 
qandaydir turli-tuman g‘oyalar kombinatsiyasini vujudga kelishiga 
yo‘l qo‘ymaslik (anologiya, assotsiatsiya) kabi uslublar va usul- 
lar yordamida narsalar tabiati to‘g‘risida aniq bilimga ega bo‘lish 
mumkinligini ko‘rsatadi.
Lokk fikriga asosan, inson aqlining yangi bilimlar bilan 
boyib borishida mustaqil o‘qib-o‘rganish katta ahamiyatga ega 
bo‘ladi. Mustaqil o‘qib-o‘rganmoq, ya’ni mustaqil bilim olmoq 
uchun har bir kishi mustaqil fikr yuritish malakasiga ega 
bo‘lmog‘i lozim. Uning o‘tkirlanishining birdan-bir yo‘li — 
mustaqil o‘qib-o‘rganishdir.
Jon Lokk inson jismoniy va ma’naviy qiyofasining shaklla­
nishida tarbiya muhim ahamiyatga ega ekanligini isbotlab berdi. 
Uning tushuntirishicha, tarbiya faqat kishilarni savdo-sotiq ish­
lariga tayyorlash bilan chegaralanib qolmasligi, balki uning 
yordamida odamlar, ayniqsa, yoshlar fuqarolik mas’uliyatini

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin