yevropalik faylasuflardan biri Tomas Gobbsdir1. Gobbs o'zining
asarlarida inson bilan jamiyat o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rganishga
e ’tibor berdi. Uning fikriga ko‘ra, jamiyat juda katta mexanizm
bo‘lib, inson o‘sha buyuk mashinaning muruvvatlaridan biridir.
Insonning ijtimoiy mohiyatini Gobbs o ‘ta chegaralangan mexa-
nik holatda sharhlaydi.
Gobbsning tushuntirishicha, barcha odamlar o ‘z tabiatla-
riga ko‘ra teng, o ‘z maqsadlariga erishmoq uchun bir xil
imkoniyatga, bir xil qobiliyatlarga ega bo'ladilar. Davlatning
qonunlari boshqa birovlarga zarar keltirmasligi uchun ba’zi
kishilar erkinligini cheklab qo‘yish zarur. Chunki yuqori
darajadagi imkoniyat va qobiliyatga ega bo‘lgan kishilar o ‘z
navbatida, serjahl va xudbindirlar. Ushbu muammolar haqida
fikr yuritgan faylasuf kishilardagi erkinlik jamiyatdagi turli
axloqiy qoidalar, normalar, qonunlar yordamida cheklangan-
ligi uchun ham odamlar jamiyatga nisbatan urush holatida
turadilar. «Inson inson uchun bo‘ri» holatida bo‘ladi, degan
xulosaga keladi.
Gobbs
0
‘zining «Leviofan» asarida2 insonning jamiyatdagi
o‘rnini aniqlashga alohida e’tibor bergan. Uning fikriga muvofiq,
«fuqarolar jamiyati odamlarning oddiy yig‘indisi emas»3. Bu
maxsus uyushma ma’lum rivojlanish tendensiyalari va o‘ziga xos
turli ziddiyatlari bilan ifodalanadi. Gobss o‘zining bir qator
asarlarida insondagi tabiiylik bilan ijtimoiylik orasidagi aloqador-
lik masalalarini o‘rganishga ham alohida e’tibor berdi. Uning
tushuntirishicha, insondagi barcha qobiliyatlar tabiiy va o‘zlashtirib
olingan qobiliyatlardan iborat bo‘ladi. Xususan, uning yozishicha,
«inson tabiati ovqatlanish, ko‘payish, his qilish va fikr yuritish
kabi qobiliyatlar yig‘indisidan iborat. Bu qobiliyatlarni biz bir
Dostları ilə paylaş: