Fransuz mexanik naturfilosoflariga xos xususiyatlardan biri —
inson muammosini o‘rganishga mexanik yondashuv edi. Bunday
yondashuvni Jyulen Ofre de Lametrining1 «Inson-mashina» (1747-
y.) asarida ko‘rish mumkin. Uning ta’kidlashicha, «inson shun
day murakkab mashinaki — u haqida o ‘zingcha aniq tasawur
hosil qilib va undan so‘ng aniq ta’rif berib bo'lmaydi»2. Inson
qalbini esa moddiylik deb tushunadi. 0 ‘sha moddiy qalb — tirik
organizmni harakatga keltiruvchi kuch, deb hisoblaydi. Inson va
hayvon o‘rtasida faqat miqdoriy tafovut mavjud, xolos. Chunon-
chi, ular miyalarining hajmi va tarkibi turlichadir, deb ta’kidlaydi.
Lametrining fikriga ko‘ra, inson tanasi bamisoli soat mexa-
nizmidek o‘zi harakatga keluvchi mashinaga o‘xshaydi. Tashqi
olam inson miyasi ekranida o‘z aksini topadi. 0 ‘sha aks, o‘sha
sadoni o ‘rganayotganda, olamdagi barcha hodisalar, voqealar-
ning yagona moddiy substansiyasi borligini unutmaslik darkor.
0 ‘sha yagona moddiy substansiyaga xos eng muhim xususiyat
sezish va fikrlashdir. Bunday holatni tashqi olamning inson
miyasiga ko‘rsatgan ta’sirida, o‘sha ta ’sir ostida shakllangan turli
qobiliyatlami, malakalarni o‘zida mujassamlashtirgan «yagona tana
sida» yaqqol ko‘rish mumkin.
Fransuz ma’rifatparvarining e’tirof etishicha, inson hayvon-
dan o ‘zining ehtiyojlarining ko'pligi, o‘sha ehtiyojlarni aql-za
kovat yordamida boshqarish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib
turadi. Shuning uchun ham, inson tanasidagi ehtiyojlarni boshqara
bilish qobiliyati «aqlning mezoni» bo‘lib xizmat qiladi.
XVIII
asrning mashhur faylasuflaridan biri Klod Adrian
Gelvetsiy3 inson tabiatini o‘zgartirishga doir fikrlarini o‘zining
Dostları ilə paylaş: