«Inson haqida»1 asarida bayon etgan. Uning fikriga ko‘ra, inson
— tabiatning bir bo‘lagi, «sof fizik mavjudot»dir. «Inson —
tabiat yaratgan nodir asardir, u tabiatda mavjud bo‘ladi va
uning qonunlariga bo‘ysunadi»2. Gelvetsiy insonda axloqiy fa
zilatlar va intellektual qobiliyatlarni shakllantirishda ijtimoiy
muhitning yetakchi rol o ‘ynashi haqidagi o ‘z zamondoshla-
rining ta ’limotlarini yanada rivojlantirdi. Tug‘ma axloqiy fazi
latlar haqidagi xristian dini aqidalarini tanqid qilib, inson
dagi ruhiy va axloqiy fazilatlarning shakllanish jarayoniga,
ularning mustahkamligini ifodalovchi mezonlarni aniqlab be
rishga harakat qildi.
Gelvetsiyning fikriga ko‘ra, inson axloqining asosiy mezo-
ni «foyda»dir. Lekin u «foyda»ni bir kishiga taalluqli fazilat
emas, deydi. Foyda — bir kishi, ya’ni individning jamiyat
ning boshqa a ’zolariga nisbatan haddan ortiq boyib ketishini
ifodalovchi ko‘rsatkich emas, deb tushunadi. Ezgulikka qara
tilgan inson faoliyatining asosida individual va ijtimoiy man-
faat o ‘rtasidagi kelishuv yotmog‘i zarur, deb hisoblaydi. Ijti
moiy manfaat — jamiyat a ’zolarining ko‘pchiligi manfaati-
ning yig‘indisidir.
Fransuz faylasuflarining tushuntirishicha, moddiy sohada
b o ‘ladigan o ‘zgarishlar m a’lum qonuniyat asosida sodir
bo‘lganidek, insonning ongi va faoliyatida bo‘ladigan o‘zgarishlar
ham qudratli tabiiy qonun — «manfaatlar qonuniga» bo‘ysunadi.
«Manfaat» inson faolligini vujudga keltiruvchi barcha asosiy
omillarni birlashtiradi. Manfaatlar bir tomondan, tabiiy fizik
manfaatlar, ikkinchi tomondan esa dahshatdan iborat bo‘ladi.
Fizik manfaatlar deganda ochlik va jismoniy kasallik tushuniladi.
Ushbu manfaatni Gelvetsiy insonni harakatga keltiruvchi kuch
deb biladi. Dahshatlar ichida esa eng ahamiyatlisi — o‘ziga haddan
tashqari ortiq bino qo‘yishdir, deb tushunadi.
Gelvetsiyning e’tirof etishicha odamlar yashayotgan ijtimoiy
muhit, ular shaxsining vujudga kelishida hal qiluvchi rol o'ynaydi,
kishilar ruhiyatida va axloqidagi tafovutlarni vujudga keltiradi.
Dostları ilə paylaş: