O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Mashhur nem is faylasufi, m a’rifatparvari, yozuvchisi, tanqidchi G otxold



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Mashhur nem is faylasufi, m a’rifatparvari, yozuvchisi, tanqidchi G otxold
Efraym Lessing 1729-yilda Kamensda tug'ilgan. 1791-yilda Saksoniyada vafot etgan.
U ning inson to ‘g ‘risidagi qarashlari «Odamzotni tarbiyalash» (1780-y.) asarida
bayon etilgan.
302


qoidalar aql bilan yoritilm agan, uning qudratli tanqidiy 
chig‘irig‘idan o‘tmagan bo‘lsa, bunday qoidalar irim-sirimdan 
boshqa narsa bo‘lmaydi. Lekin har qanday dinning mazmuni aql 
va kishilarga muhabbat kabi umuminsoniy axloq ruhi bilan 
sug'orilganligi ham haqiqat ekanligini unutmaslik zarur, deb 
hisoblaydi.
Lessingning fikricha, inson hamyurtlariga foyda keltiradigan 
qanday kasbda — hunarmandchilikdami, dehqonchilikdami, sa- 
noatdami yoki savdogarchilikdami — mehnat qilmasin, bunday 
faoliyat chinakam olqishga sazovor bo‘lmog‘i lozim. Mulohaza- 
lilik, to‘g‘riso‘zlik, mehnatsevarlik, oqko‘ngillilik — Lessing asar- 
lari qahramonlarining insoniy fazilatlaridir.
XVIII 
asr nemis ma’rifatparvarlarining yangi qahramoni — 
«dunyoviy fuqaro» edi. Bunday kishi uchun atrofida sodir 
bo‘layotgan voqealarga o‘z manfaati qarichi bilan yondoshish 
yotdir. U har qanday tabaqa yoki turli e’tiqodga mansub kishi- 
lar orasidan «yaxshi odamlarni qidiradi». Shuning uchun o‘sha 
el va xalqparvar, jahongashta «dunyoviy fuqaro» — nemis 
ma’rifatparvarlarining sevimli qahramoniga aylandi.
Xudbin kishining shaxsiy manfaati bilan umummanfaat orasi­
dagi to‘qnashuv G.Fildingning «Topib olingan Tom Jons tarixi» 
romanida ham o‘z ifodasini topgan. Asar qahramonlari yasha­
yotgan tarixiy muhit shundan dalolat beradiki, bu yerda hokimi- 
yat, boylik odamlarning ijtimoiy holatini boshqaradi. Kishilar 
taqdirini esa tasodif hal qiladi. Odamlarni bunday tasodif 
botqog‘idan asta-sekin aql olib chiqadi. Turgan gapki, tasodif 
deganda, kundalik turmushdagi xususiylik tushuniladi. Boshqacha 
aytganimizda, o‘z manfaatlari yo‘lida o‘zboshimchalik, tavakkal- 
chilik bilan harakat qilishi — tasodifiy holat ifodasidir. Shaxsiy 
manfaat yo‘lida qilingan o‘zboshimchalik,- tavakkalchilik kabi 
holatlar — bir qutbda, aql, farosatga asoslangan ehtiyoj, umum- 
manfaatni ko'zlash, huquq va qonunga tayanish, hamma uchun 
bab-barobar bo‘lgan adolat normalariga asoslanish kabi fazilatlar
— ikkinchi qutbda to‘plana boradi. Qarama-qarshi qutblarning 
vujudga kelishi, albatta, kurashga olib keladi. Bunday kurashda
yuqorida eslatib o‘tilganidek, aql tasodif ustidan g‘olib chiqadi. 
Aqlning tasodif ustidan g‘olib chiqishi — umummanfaatni himoya 
qiluvchi «chinakam inson»ning buyuk g‘alabasi edi.
303


XVIII 
asr Yevropa sivilizatsiyasi tarixida ma’rifatparvarlik davri, 
deb yuritiladi. Chunki bu davr ilmiy bilimlari faqatgina bir 
guruh ilm-fan bilan shug‘ullanuvchi kishilarga ma’lum bo‘lib 
qolmasdan, balki aholining turli tabaqalari orasiga keng tarqala 
boshladi. Nafaqat diniy, balki dunyoviy bilimlar ham ilm 
maskanlari laboratoriyalari qobig‘idan chiqib, omma orasida yoyila 
bordi. Ilm-fan yutuqlari nafaqat ilm ahli, balki adabiyot, san’at 
namoyandalari, ziyolilarning turli qatlamlari bahs-munozarala- 
riga sabab bo‘la boshladi.
Ma’rifatparvarlik davrining o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, 
bu davrga kelib odamlar inson aqlining qudratiga, uning hali 
foycjalanilmagan imkoniyatlari mavjud ekanligiga, ilm-fan taraq- 
qiyoti jamiyatni iqtisodiy-ijtimoiy farovonlikka olib kelishiga bor- 
gan sari qo‘proq ishonch hosil qila boshladilar. Yuqorida eslatib 
o‘tganimizdek, bunday kayfiyat Yevropada XVII asrdayoq vujudga 
kelgan edi. XVIII asrda esa o‘rta asr sxolastikasini tanqid qilish, 
obro‘ va an’ana o‘miga aql-farosatni ulug‘lash har tomonlama avj 
ola boshladi. Xuddi shuning uchun ham, XVIII asr — Yevropada 
aql-tafakkurni ulug‘lash, erkinlik-hurlikning vujudga kelishi, fan 
va madaniyatning rivojlanish asri bo‘ lib qoldi.
XVTII asming o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri: fan ama- 
liyotga yaqinlasha boshladi. XVII asrda Yevropa faylasuflari sxo- 
lastikani tanqid qilgan bo‘lsalar, XVIII asrda metafizikani har 
tomonlama tanqid qila boshladilar. 0 ‘rta asr sxolastikasi o‘rniga 
XVI—XVII asrlarda kirib kelgan metafizikani yo‘qotib yuborishga 
harakat qildilar. Fanda Isaak Nyuton, falsafada Jon Lokk izidan 
borgan fransuz ma’rifatparvarlari metafizik sistema bo‘lmish 
Kartezianlikni1 ham qattiq tanqid qildilar. Kartezianlik tarafdor- 
larini turli abstrakt konstruksiyalarni ulug‘lashgan, tajriba va 
eksperimentga esa kam e’tibor berishgan, deb aybladilar. Lekin 
Yevropa ma’rifatparvarlari har qanday aqlni ulug‘lashmas, faqat 
tajribaga asoslangan, turli diniy uydirmalardan xolis, erkin ilm 
tarafdori edilar.
Yuqorida 
t a ’kidlab 
o ‘tganim izdek, 
m a’rifatparvarlik 
g‘oyalarining vatani Angliya edi. Chunki Angliyada jahonning 
boshqa mamlakatlaridan oldinroq ilm-fanga asoslangan ilg‘or

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin