3. XIX ASRNING IKKINCHI YARMI VA XX ASR
BOSHLARIDA 0 ‘RTA OSIYO MA’RIFATPARVARLARINING
JAMIYAT HAYOTINI INSONPARVARLASHTIRISH
BORASIDAGI SA’Y-HARAKATLARI
XIX asming ikkinchi yarmida O'rta Osiyoda ijtimoiy-iqtisodiy
tuzum qoloq, fuqarolar turmush tarzi o‘ta past, madaniy-ma’naviy
hayotida islom dini peshvolarining ta’siri kuchli edi. Kishilar
dunyoqarashida tasawuf falsafasi an’analarini tiklashga intilish
kuchayib borayotgandi. Bu davrda o'rta asr musulmon mutafak-
kirlari asarlarini qayta nashr etish boshlandi. Kalom falsafasi,
shariat axloqiga oid klassik adabiyotlar arab-fors tilidan turkiy
tillarga taijima qilinib, nashr ettirish, masjid va madrasalarda
bedilxonlik, mashrabxonlik kabi turli she’rxonliklar, gurunglar
avj oldi1. Odamlaming madaniy merosga, bilimga, ilmga intilish-
lari kuchaya bordi. Endilikda odamlar inson aql-zakovatining
kuchiga, olamni o‘zgartirish borasidagi salohiyatiga ko'proq isho-
na boshladilar, og‘ir musibatli turmush tashvishlaridan, zulm va
adolatsizliklardan xoli qiluvchi yagona qudrat bilim, ilm ekan
ligini tushuna boshladilar. Bunday kayfiyatlar ma’rifatparvarlik
harakatida o‘z ifodasini topdi. Xullas, 0 ‘rta Osiyoda ma’rifatparvarlik
harakati kishilaming ilm-fan, taraqqiyot, umuminsoniy qadriyat-
larga, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy qoloqlikni bartaraf
etishga bo‘lgan intilishning natijasi edi.
M a’rifatparvarlik harakatining dastlabki bosqichida sunniylik
va uning bag‘rida qayta shakllangan: darvishlik, qalandarlik ha-
rakatlari,
shuningdek, bedilxonlik,
m ashrabxonlik kabi
she’rxonliklar, o‘sha gurunglarda olg‘a surilgan fikr-mulohazalar
uning g'oyaviy-nazariy asosi vazifasini bajardi. Ana shunday
sharoitda chor Rossiyasi O'rta Osiyo yerlarini bosib oldi va
ushbu hududlarda mustamlakachilik siyosatining amalga oshirili-
shi natijasida yerli aholi milliy madaniyatini siqib chiqarishga
urinish boshlandi. Uning o'miga Yevropa madaniyati zudlik bilan
kirib kela boshladi. Natijada, yerli aholining noroziligi kundan-
kunga ortib bordi.
Dostları ilə paylaş: