O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Kartezianlik Dekart va uning izdoshlari ta’limoti XVII—XVIII asrlarda Fran-



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A


Kartezianlik Dekart va uning izdoshlari ta’limoti XVII—XVIII asrlarda Fran-
siya va Gollandiyada keng tarqalgan edi.
304


ishlab chiqarish munosabatlari shakllana boshladi. Ma’rifatparvarlik 
g'oyalari tarix sahnasiga kirib kelayotgan angliyalik yangi mulk- 
dorlar tabaqasi manfaatiga mos bo‘lib tushdi.
XVIII 
asr Yevropa falsafasida inson, bir tomondan o'zining 
xususiy manfaati uchun harakat qiluvchi mavjudot sifatida 
ta’riflangan bo‘lsa, ikkinchi tomondan barcha kishilar tengligini 
himoya qiluvchi buyuk qudrat ekanligi rasman tan olindi. 
Shuningdek, XVIII asr Yevropa falsafasi o‘sha davrning eng 
muhim ijtimoiy illati bo‘lgan: faqat o‘z manfaatini ko‘zlab faoli­
yat ko‘rsatuvchi xudbin, ichi qora kishi bilan aql va adolat 
bayroqdori bo‘lmish oqko‘ngil, el-yurt manfaati haqida bosh 
qotiruvchi elparvar inson o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bar­
taraf etishga urindi.
XVIII 
asr Yevropa falsafiy tafakkurining o‘ziga xos xususi­
yatlaridan yana biri inson ongi va faoliyatida bo‘ladigan 
o ‘zgarishlarni umumiylik va ayrimlik, tasodif va zaruriyat 
chig‘irig‘idan o‘tkazib tahlil etilganligi bilan xarakterlanadi. XVII 
asrda fransuz faylasuflari inson manfaatlariga qaratilgan indivi­
dual hulq-atvomi boshqarib turuvchi yagona kuch — tabiat deb 
tushuntirishgan bo‘lsalar, nemis ma’rifatparvarlari ushbu muam- 
moga panteistik nuqtayi-nazardan yondashib, ya’ni «dunyoviy 
aql» ko‘zi bilan qarab, inson ongida bo'ladigan o‘zgarishlar 
axloqiy va huquqiy prinsiplar, normalar ta ’sirida sodir bo‘ladi, 
deb tushuntirdilar.
Shunday qilib, Yevropa ma’rifatparvarlari Renessans davri 
gumanizmini har tomonlama rivojlantirdilar. Inson nafaqat Xudo 
oldida, balki qonun oldida ham teng bo‘Imog‘i darkor. Inson 
insonning quli, cho‘risi emas, birodari bo‘lmog‘i zarur. Aho- 
lining ayrim tabaqalari: zodagonlar, ruhoniylarga berilgan 
tabaqaviy imtiyozlami bekor qilish lozim, degan g‘oyani olg‘a 
surdilar. Barchaning huquqiy tengligini, qonun oldida barobar- 
ligini yoqlab chiqdilar.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin