jismlarga o‘z nurini sochib turadi. Ikkinchi ko'rinishda esa ruh
«narsalar dunyosiga kirgan bo‘lib, narsalar dunyosida mavjuddir
va o'limga mahkumdir»1. Inson tanasidagi ruh xuddi shu ik
kinchi ko'rinishdagi ruhdir. Shuning uchun ham, u o‘limga
mahkum etiladi. Ruhning bir tanadan boshqa tanaga ko'chib
yurishi haqida Sharqda keng tarqalgan tanosuh nazariyasini tan
qid qiladi. Tanosuh ta’limotini tanqid
qilishda Mirza Bedilning
ruh va tana to‘g‘risidagi qarashlaridan foydalanadi.
Ahmad Donish ruh va tana birligidan iborat inson olamni,
xususan, o‘zi yashayotgan ijtimoiy muhitni o‘zgartirishga qodir,
deb o‘ylaydi. Buning uchun u nafaqat diniy, balki dunyoviy
fanlami
ham bilishi zarur, deb hisoblaydi.
«Biz dunyoni gullab-yashnatish uchun, dengizlarni kezib
o'rganish uchun, yer osti boyliklarini topish uchun,
dunyo-
ning ajoyib sirli tomonlarini talqin etish uchun, uning hamma
qit’alari va aholisini bilish uchun tug'ilganmiz»2, deb yozadi.
Buxoro amirligi hududida yashovchi fuqarolar turmush tar-
zi, xususan, ularning madaniy-ma’naviy saviyasining pastligidan
Ahmad
Donish qattiq afsuslanadi, nadomat chekadi. Kishilar
madaniy-ma’naviy saviyasini oshirishning birdan-bir yo‘li jami
yat hayotini insonparvarlashtirishdir. Buning uchun esa mavjud
ijtimoiy tartibotlami o‘zgartirmoq zarur, deb o'ylaydi. Buxorodagi
ijtimoiy-iqtisodiy tuzumni insonparvarlashtirishga
qaratilgan is-
loh loyihasi bilan Buxoro hukmdori Amir Muzaffariddinga
murojaat qiladi va rad javobini oladi.
Ahmad Donish jamiyatni insonparvarlashti rishning eng muhim
sharti — davlatni isloh qilishdir, deb tushunadi.
Davlat bir
guruh kishilarning emas, balki xalq manfaatini himoya qilmog'i,
davlatni boshqarib turgan hukmdor ma’rifatli, odil va donish-
mand bo‘lmog‘i shart. Hukmdor muhim davlat ishlarini hal
qilishda o‘z atrofidagi amaldorlar bilan maslahatlashmog‘i darkor.
Mamlakatni ana shunday kishi boshqarganda
jamiyatda ijtimoiy
adolat normalari qaror topadi. Adolatsizlikka asoslangan, o‘z
fuqarolari haqida qayg‘urmaydigan davlat uzoq yashay olmaydi.
Dostları ilə paylaş: