yanglishgan va xato qilgan bo'Iamiz, chunki bunday bilimga
hayvonlar ham egadirlar. Agar biz shu bilim bilan kifoyalan-
sak, ulardan hech farq qilmaymiz, biz o'zimizning qanday
ekanligimizni, qayerdan kelib chiqqanligimizni va qayerga
borishimizni, bu dargohga nima uchun kelganligimizni, baxt va
bebaxtlik nimadan iborat ekanligini bilishimiz zarur. Bulami bilish
uchun asosiy vosita ilmdir, ilmning turlari va boshqa fanlardir.
Ilm olishning asosiy maqsadi — foydali xizmat qilishdir1.
Sattorxon Abdulg‘afForov fikriga asosan, jamiyatni insonpar-
varlashtirishning asosida ilm-fan, m a’rifat yotmog‘i zarur. Ilm-
£an jamiyat farovonligini, fuqarolar ruhiy-ma’naviy kamoloti-
ning garovidir. Uning tushuntirishicha, ilm-fan taraqqiyotiga
erishishning eng muhim vositasi — boshqa mamlakatlar, boshqa
xalqlar bilan do'stona munosabatda bo'lish, ular bilan turli
madaniy-ma’rifiy aloqalami rivojlantirishdir.
Turli xalqlar orasidagi do'stlik, birodarlik aloqalarini rivoj-
lantirish — jamiyatni insonparvarlashtirishning muhim sharti
ekanligini Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat ham qayta-
qayta ta ’kidlaydi. Jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan bahramand
bo'lmoq uchun boshqa xalqlar tilini, urf-odatlarini, rasm-ru-
sumlarini o'rganmoq lozim, deydi.
Furqat fikriga ko‘ra, jamiyatda m a’naviy qashshoq, nodon,
galvars kishilarning ko'payishi fojia, ofatdir. Fan nodon va omi
kishilar yo'lini yorituvchi, ulami to ‘g‘rilik tomon boshlovchi
yo'lchi yulduzdir, ilm-fan qanchalik tez dvojlansa jamiyat
a ’zolarining orzu-umidlari shunchalik tez ro‘yobga chiqadi,
m a’naviy qashshoq odamlar soni kamayadi, ma’rifatli odamlar
soni qancha ko‘p bo'lsa, jamiyat hayoti shuncha tez insonpar-
varlashadi, degan xulosaga keladi2.
XIX asrning ikkinchi yarmidayoq 0 ‘rta osiyolik mutafakkirlar
jamiyatni insonparvarlashtirish, uni ijtimoiy-iqtisodiy, ayniqsa,
madaniy-ma’naviy inqirozdan olib chiqmoq uchun musulmon
xotin-qizlarini savodxon qilish g'oyasini olg'a suradilar. Xususan,
Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat xotin-qizlar erkaklar bi-
Dostları ilə paylaş: