XIX asming ikkinchi yarmida 0 ‘rta Osiyo ma’rifatparvarlari
jamiyat .hayotini insonparvarlashtirish uchun mamlakatni ijti
moiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy
qoloqlikdan olib chiqish zarur,
deb hisobladilar. Buning uchun fuqarolarni bilimli, ilmli qilmoq
kerak, degan g‘oyani ilgari suradilar.
Boshqacha aytganimizda,
m a’rifatli insonni shakllantirmasdan turib, jamiyatni insonpar-
varlashtirib bo‘lmasligi, o ‘z
navbatida, inson ruhiy-ma’naviy
kamoloti bilim, ilm bilan bevosita bog‘liq ekanligini tushunti-
rishga harakat qiladilar. Eng muhimi, inson o‘zligini bilmog‘i
uchun bilimli, ilmli bo‘lishi zarurligini qayta-qayta takrorladilar.
Bunday flkr-mulohazalarni mashhur o'zbek ma’rifatparvarlari
Sattorxon Abdulg'afforov1 va qo'qonlik
shoir Zokirjon Xolmu-
hammad o‘g‘li Furqat2 qarashlarida ham ko'rish mumkin.
«Inson, — deb yozadi Sattorxon Abdulg'afforov, tayyor
bilim bilan tug'ilmaydi. U bilimga asta-sekin harakat natijasida
erishadi. 0 ‘z tabiatiga ko‘ra odam ulg‘ayishi
bilan uning aql-
idroki, qobiliyati ham ko‘rish, eshitish natijasida kun sayin
rivojlanadi, insonning aql-idroki o‘sgan sari, awalo, o'zining
kimligini bilishga harakat qiladi. Insonning asosiy burchi boshqa
kishilarga foydali
xizmat qilishdan iborat, agar u o‘zini o‘zi
bilmasa, bu burchni qanday ado etadi? O'zini o‘zi bilish uchun
qo‘l-oyoq, ko‘z, ochlik va tashnalikni his qiluvchi boshqa ichki
sezish organlari orqali olinadigan
bilim odam uchun kifoya
qilmaydi. Agar biz shu orqali o ‘zimizni o ‘zimiz bilamiz desak,
Dostları ilə paylaş: