siyosatini fosh etdi. Behbudiy dunyoviy bilimlami egallash uchun
yoshlar ko‘proq til o‘rganishlari zarur, deb bilardi. 0 ‘z ona tili
bilan cheklanib qolmay, ilm-fan zudlik
bilan rivojlanayotgan
Yevropa xalqlari tilini o‘rganish darkorligini uqtirdi. Boshqa din-
larga mansub kishilar tilini o‘rganish islom dini qoidalariga zid
bo‘lmasligini ta’kidlaydi va o‘zi rus tilini o‘iganadi. Bolalarga rus
tilidan dars beradi.
Behbudiyning fikriga ko‘ra, jamiyatni insonparvarlashtirish-
ning eng muhim omillardan biri xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik-
birodarlik, madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirishdir. Ayniqsa,
ko‘p millatli mamlakat sharoitida turli
millat vakillarining yak-
dil boiishi, inoq yashashi, ishlashi — demokratik jarayonlarni
amalga oshirish garovi ekanligini qattiq uqtiradi1.
Jadidchilik harakatining ayrim namoyandalari (masalan, Hoji
Munis Shukrullo) jamiyatni insonparvarlashtirish, ayniqsa,
milliy
va umuminsoniy qadriyatlarni bir-biriga yaqinlashtirmoq uchun
barcha turkiy xalqlar yagona tilini yaratish zarur, deb o‘ylardilar.
Bunday g'oya ijodkori qrimlik Ismoil Gaspirali edi. Uning tushun-
tirishicha,
yagona turkiy til, turk va tatar tillari zaminida vu
judga kelishi darkor edi. Turgan gapki, bu g‘oya turli muno-
zaralarga sabab bo‘ldi. Ushbu g‘oyani qo‘llab-quwatlagan ayrim
turkistonlik
jadidlar turkiy tillarga arab, fors va boshqa tillardan
kirib kelgan so'zlarni chiqarib tashlash lozim, degan muloha-
zalarni bayon qildilar. Behbudiy
turkiy xalqlar tiliga arab, fors
va boshqa tillardan asrlar osha kirib kelgan so'zlami chiqarib
tashlash xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirish o‘miga uzoqlashtirishi
mumkin. Turkiy xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirishning eng to‘g‘ri
yo‘li — fors, arab va rus tillarini o ‘rganishdir. Chunki arab tili
dinimiz tili bo‘Isa, fors tili — madrasa va ulamolar tili.
Turk tili
esa, Turkiston aholisining asosiy qismi tilidir. Rus tilini bilmas-
dan turib savdo, sanoat taraqqiyotiga,
din va millatga xizmat
qila olmaymiz, degan edi2.
Mahmudxo‘ja Behbudiyning e ’tirof etishicha, jamiyat hayotini
insonparvarlashtirishning eng muhim sharti —
milliy mustaqil
Dostları ilə paylaş: