M unawar qori g'oyaviy maslakdoshi Mahmudxo'ja Behbudiy
singari kishilaming milliy ongi ta ’lim-tarbiya bilan chambarchas
aloqador degan xulosaga keladi va Toshkentda 1906-yilda yangi
uslubdagi maktab ochadi. Tez orada
uning maktabi Turkiston
jadid maktablari uchun namunaviy maktabga aylanadi.
M unawar qori tashkil qilgan jadid maktabi ikki bosqichli
edi. Birinchi bosqich — to ‘rt yillik boshlang'ich ta’lim maktabi
bo'lib, unda bolalarga umumiy, diniy va dunyoviy bilim asoslari
o'rgatilardi. Ikkinchi bosqich — yetti yillik maktab bo‘lib, unda
boshlang'ich ta’lim maktablari
uchun muallimlar va mahalla
masjidlariga imomlar tayyorlanardi. Bunday maktablarni tugat-
gan o'smirlar savdo-sotiq va kundalik turmush uchun zarur
amaliy bilim va oliy m a’lumot olish uchun madrasalarda va
xorijda o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo'lardilar.
M unawar qorining maktabida 1915-yilda 150 o'quvchi saboq
olgan, ularning 30—35 foizi kambag'allaming farzandlari bo‘lib,
bepul o'qitilardi. Ular o'quv
dasturlari, qurollari bilan bepul
ta ’minlangan. Qolganlari esa, baholi qudrat, o‘qish uchun har
oyda 50 tiyindan bir yarim so'mgacha pul to'lagan. Ba’zi boy
otalar ikki so'mdan pul berib turgan.
Shuningdek, bu maktabga
M unawar qori va uning safdoshlari tashkil etgan «Ko‘mak»
musulmon xayriya jamiyati ham har oyda 50 so‘m yordam
ko'rsatgan1.
M unawar qori tashkil etgan umumiy ta’lim maktablarida
ona tili, hisob, shariat, fors va rus tillari, ashula,
gimnastika
kabi o‘quv predmetlaridan mashg'ulotlar olib borilar edi. 0 ‘quv
darsliklari, dasturlarini uning o‘zi tuzgan edi. M unawar qori
oliy ta’limni ham isloh qilish tarafdori edi. Madrasalarda dunyoviy
ta’lim berilishini istardi. Shuning uchun zamonaviy ziyolilarni
tarbiyalashga, yoshlami xorijiy mamlakat oliy o‘quv yurtlarida
o'qitishga e’tibomi qaratdi.
Jadidizm
namoyandalari, xususan, M unaw ar qori jamiyatni
insonparvarlashtirish, ayniqsa, fuqarolami milliy mustaqillik hara-
katiga to'la safarbar etmoq, aholi turli tabaqalari,
qatlamlari
madaniy-ma’naviy ehtiyojlarini to ‘laroq qondirmoq uchun ular-
Dostları ilə paylaş: