darsliklar yaratdi. Behbudiy nashriyot tashkil etib, ushbu dars-
liklami nashr ettirdi1.
Behbudiy maktablarda, madrasalarda nafaqat diniy, balki
dunyoviy bilimlar o'qitilishining tarafdori edi. Dunyoviy bilimlar-
ni egallamasdan turib hozirgi zamon taraqqiyoti talablariga javob
beradigan kadrlar tayyorlab bo'lmaydi, deb tushuntiradi. Uning
fikriga ko‘ra, ikki darajadagi mutaxassislar tayyorlash zarur. Birinchi
darajadagi mutaxassislar diniy ma’lumotli kishilar bo‘lib, ular
fiiqarolarning ma’naviy nasihatgo‘ylari, maslahatchilari, islom dini
pokligini himoya qiluvchi mutaxassislar bo‘lmog‘i zarur. Ikkinchi
darajadagilar esa dunyoviy bilimlami o‘rganmoqlari darkor. Ik
kinchi darajadagi mutaxassislar musulmonlar manfaatini ijtimoiy
ishlab chiqarishning turli sohalarida himoya qiladilar. Mutaxassis-
lami ko‘plab tayyorlash uchun o‘quvchilaming nafaqat Makka,
Madina, Misr yoki Istanbul, balki Rossiya universitetlari va texnik
o‘quv yurtlariga o£qishga yuborishni maslahat beradi. Yangi usul
maktablarini o‘qituvchilar bilan ta’minlash uchun yigit va qizlar-
ni Kavkaz, Qrim, Orenburg, Qozon shaharlariga yuborish zarur-
ligini alohida qayd etadi2.
M ahm udxo'ja Behbudiy jam iyatni insonparvarlashtirish
mehnatkashlaming madaniy-ma’naviy saviyasi bilan bog‘liq ekan
ligini zukkolik bilan ilg‘ab oldi. Fuqarolar madaniy-ma’naviy
saviyasini o ‘stirishning eng muhim vositasi zamonaviy, dunyo
viy fanlami o'rganish, deb bildi. Shuning uchun ham, Samar-
qandda mahalliy aholi uchun yangi kutubxona, qiroatxona och-
di. Insonparvar, demokratik jamiyat qurish g'oyalarini odamlar
ongiga singdirish uchun «Padarkush» pyesasini yozdi. Ushbu
pyesa 1912—1915-yillarda Samarqand, Toshkent, Buxoro, Qo‘qon,
Andijon, Namangan, Kattaqo‘rg‘on va boshqa shaharlar teatr-
larida namoyish etildi. «Samarqand» gazetasi, «Оупа» jumalini
tashkil etib, unga muharrirlik qildi. Shuningdek, «Turkiston
viloyatining gazetasi», «Taraqqiyot», «Xurshid» singari gazeta-
lar sahifalarida ilm-ma’rifatni targ‘ib etuvchi maqolalar yozdi.
Yangi maktab ochishga chaqirdi. Chor Rossiyasi mustamlakachilik
Dostları ilə paylaş: