badan tarbiyasi bilan shug'ullanishi lozim. Badanning salomat va
quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadir. 0 ‘qimoq,
o‘qitmoq va o‘rgatmoq uchun, insonga kuchli,
kasalsiz jasad
lozimdir. Tana sog'lom bo'lishi uchun ichkilik, ko‘knor, nasha,
afyun, taryok, chilim, nos, papiros kabi inson salomatligi
uchun zararli odatlardan qochmoq zarurligini uqtiradi.
Jadidizm g'oyalarini turkistonliklar
ongiga singdirishda jadid-
chilik harakatining tashkiliy-mafkuraviy asoslarini mustahkam-
lashda buxorolik mashhur alloma, professor Abdurauf Fitratning1
xizmatlari beqiyos edi.
Abdurauf Fitratning butun
ongli faoliyati Turkiston, xusu
san, Buxoro amirligi hududida yashovchi xalqlarni jaholat,
turg‘unlik, g‘aflat dan uyg'otish, farovon hayot qurishga chor-
lashga qaratilgan edi. Bunday chaqiriqni uning 1910-yilda
Istan-
bulda chop etilgan «Sayha» («Bong») deb nomlangan she’rlar
to'plamidan bilib olish mumkin. Ushbu to'plamda birinchilardan
bo‘lib milliy mustaqillik g‘oyasi har tomonlama asoslab berildi.
Fitratning 1912-yilda bosilib chiqqan «Sayyoh hindi» («Hind
sayyohi») asarida Turkistonda, xususan, Buxoroda vujudga kel
gan
iqtisodiy qashshoqlik, madaniy-ma’naviy tanazzulning sabab-
lari va uni bartaraf etish yo‘llari ko'rsatib berildi. Shuning uchun
ham ushbu asarni
Turkiston xalqlarini ozodlik, erkinlik tomon
boshlovchi harakat dasturi, deb atash mumkin. Ana o‘sha hara
kat dasturini amalga oshirishga
azm-u qaror qilgan Abdurauf
Fitrat 1917-yil fevral voqealaridan so‘ng Buxoroda Fayzulla
Xo‘jayev boshchiligida tashkil etilgan «Yosh buxoroliklar» in-
qilobiy partiyasi faoliyatida faol ishtirok etdi va uning yirik namo-
yandalaridan biriga aylandi.
M a’lumki, XX asrning boshlarida
jadidchilik harakati namo-
yandalarining bir guruhi maorif-ma’rifat yordamida jamiyat hayo-
tini insonparvarlashtirmoqchi bo‘lsalar, ikkinchi guruhi bunday
Dostları ilə paylaş: