Arabistonlarini, uning qumlik, issiq cho'llarini, eskimular shi-
mol taraflarini, eng sovuq va muzlik yerlarini boshqalardan
ziyod sevadilar», deb yozadi1.
Abdulla Avloniy millat kelajagi bo'lgan yoshlar tarbiyasiga,
ayniqsa, ulaming ma’naviy-axloqiy qiyofasini umuminsoniy qadri-
yatlarga mos qilib tarbiyalashga e ’tiborni qaratadi. Uning
ta’kidlashicha, inson yoshligidan boshlab yaxshi tarbiya topib,
yuksak ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lib, buzuq xulqlardan saqlanib
o ‘sgan bo'lsa, baxtiyor va osuda hayot kechiradi, o'ziga, oila-
siga, jamoasi, xalqi, millati va Vataniga behad katta naf kelti-
radi. Alalxusus, tarbiyasiz, axloqi buzuq bo'lib o‘sgan, Xudo-
dan, jamiyat qonun qoidalaridan qo'rqmaydigan, shariatga amal
qilmaydigan, el-yurt, ota-ona, mahalla, muallim-u ustozlar
pand-u nasihatini qulog'iga olmaydigan, har qanday buzuq
ishlami qiladigan, nafsiga erk beradigan, ochko'zlik va pastkash-
liklardan qaytmaydigan, madaniyat va ma’naviyatdan begona bo‘lib
shakllangan bo'lsa, bunday kimsalar, eng awalo, otasi bilan
onasining, qolaversa, jamiyatning ham sho'ridir.
Abdulla Avloniy o‘z asarlarida har qanday jamiyatning asosiy
tayanchi oiladir, deydi. Oila bilan Vatanni birini ikkinchisidan
ajratib bo'lmaydi, chunki Vatansiz oila, oilasiz Yatan bo‘lmaydi,
deb tushuntiradi. Fuqarolar oilani hurmat qilishi, o‘z ona tilini
a’lo darajada bilishi lozim, chunki til millat, xalqning kelaja-
gidir. Har bir millatni millat qilib turgan buyuk qudrat — o‘sha
millatning tilidir. Shuning uchun har bir fuqaro o‘z ona tilini
mukammal bilishi, har bir so'zni o‘z o'rnida ishlatishi, milliy-
adabiy tilning taraqqiyoti uchun fidoyilik qilmog‘i zarur, deb
hisoblaydi.
Abdullo Avloniy fikriga muvofiq, jamiyatni insonparvarlash
tirish fuqarolarning halol mehnati bilan bog‘liq. Ishyoqmaslik,
dangasalik, yalqovlik jamiyatni xonavayron qiladi. Bunday kishi-
lar bilan yangicha turmush yaratib bo'lmaydi. Yalqov, tanbal
kishilar hamisha boshqalar yordamiga muhtoj bo‘lib, xorlikda
yashaydilar. Shuning uchun ham u halol mehnatni, mehnatse-
varlikni ulug‘laydi. Bolalarni yoshlikdan kasb-hunar o'rganishga
chaqiradi.
Abdullo Avloniyning ta’kidlashicha, inson sog'lom fikrga,
yaxshi axloqqa, chinakam ilm-ma’rifatga ega bo£lmog‘i uchun
Dostları ilə paylaş: