Nemis mutafakkirining e’tirof etishicha, erkinlik ayrim shaxs
jasorati emas, balki jamiyat erishgan yutuqdir. Ana shunday
ajoyib g‘oyani olg‘a
suigan faylasuf, afsuski, erkinlik o‘z nav
batida yovuzlik bilan bog'liq bo‘ladi, dedi. Erkinlikning ildizini
sof shaxsiy ibtidodan qidirdi. Bu ibtidoning manbai «aql yota-
digan» narigi dunyoda, deb tushuntirdi.
Shelling umrining oxirida inson aqlining
imkoniyatlariga shubha
bilan qaray boshladi. Aqlga ishongan, inson intellektual imkoni
yatlariga tayangan har qanday falsafaga la’nat o‘qidi. Inson in
tellektual faoliyatini ulug‘lovchi falsafaga «Karomat falsafasi»ni
qarshi qo‘ydi. Karomat falsafasi esa haqiqatni aql chegarasining
narigi tomonidan — «diniy tajriba»dan izladi.
Inson muammosi Georg Vilgelm Fridrix Gegel1 falsafasining
ham diqqat markazida bo'ldi. U insonni
oliy darajadagi maxlu-
qot, o‘z aqli bilan olamni bilishga, hatto uni o‘zgartirishga
qodir bo‘lgan maxluqot deb hisoblaydi. Buyuk nemis mutafak-
kiri insonning ruhi bilan dunyoviy ruh orasidagi o‘zaro aloqa-
dorlik, o‘zaro ta’sir qonunlarini ochib berishga katta kuch sarfladi.
Buni allomaning «Ruh fenomenologiyasi» asarida yaqqol ko'rish
mumkin. Uning ta’kidlashicha, ruh bu mutlaq g‘oya bo‘lib,
insonning o‘zini o‘zi anglashi uchun ko'mak
beradi va shu
jarayonda rivojlanib boradi. Ruh nafaqat individual, balki ijti
moiy ongning turli shakllarida namoyon bo‘ladi.
Gegelning tushuntirishicha, har bir inson yaratgan aqliy
boylik
dunyoviy aql, dunyoviy ruh xazinasiga qo‘shiladi. Dunyo
viy aql, dunyoviy ruh shu asnoda uzluksiz boyib boradi. Mod-
diy olam dunyoviy aql, dunyoviy ruhning ifodasidir. Shunfng
uchun ham dunyoviy aql, dunyoviy
ruh moddiy olamning
mazmunini tashkil etadi. Dunyoviy aql, dunyoviy ruh abadiy
bo'lganligi uchun olam olamdagi barcha hodisalaming,
voqealar-
ning manbaidir. Dunyoviy aql, dunyoviy ruhning rivojlanishi:
Dostları ilə paylaş: