inson shaxsi vujudga kela boshlaganligidan dalolat beradi. Mash
hur nemis faylasufi ushbu muammoning yechimiga oid to‘la va
aniq fikr bayon qilmagan bo‘lsada, o‘zini o‘zi anglash —
shaxs shakllanish jarayonining eng muhim elementi ekanligini
ta’kidlaganligi, ushbu muammoni kun tartibiga qo‘yganligining
o ‘zi katta ahamiyatga molikdir.
Ikkinchisi: «Shaxs» degan tushunchani
ishlatgan vaqtda nimani
inobatga olmoq zarur? Ushbu tushuncha insonning yaxlitligini,
yoki uning ma’lum bir muhim tomonini ifodalaydimi? «Shaxs»
deganda inson borlig'ining tabiiy asoslari haqida gapirish kerakmi?
degan savollardir. Ushbu savollarga javob beigan Kant, shaxs
deganda,
eng awalo, inson borlig'ining tabiiy asoslari haqida fikr
yuritmoq darkor, deb qaradi. Bunday mulohazalami «Antropologi-
ya» asarining «Shaxsning xarakteri» bo'limida ko‘rishimiz mumkin.
Kant inson strukturasini tabiiy va ijtimoiy tomonlarga bo‘lib
o‘rganishni taklif etadi. U antropotsentrizm prinsiplariga qarshi
chiqish, insonga ta’rif berganda uch muhim elementga alohida
e’tibor berish zarur ekanligini ta ’kidladi: «1.
Tirik mavjudot
sifatida insonda hayvoniy alomatlarning borligi. 2. Tirik va aqlli
mavjudot sifatida unda insoniylik alomatlarining borligi. 3. Aqlli
mavjudot va shuning bilan birga unda fikr-mulohazalami singdirish
imkoniyati mavjud bo'Igan shaxs alomatlari borligi»1.
Inson shaxsini ifodalovchi turli
alomatlarni har tomonlama
tahlil qilgan Kant uning faoliyatidagi axloqiy cheklashlarning
o‘mi, bunday cheklashlarning turli qonunlarda ifodalanishi, ushbu
qonunlaming jamiyat a ’zolari kundalik faoliyatida o‘z
ifodasini
topishiga alohida e ’tibor berdi. Inson turli nomaqbul ishlar,
hatto ba’zan jinoiy ishlar ham qilib qo‘yishi mumkin ekan
ligini Kant rad etmadi. Axloqiy qoidalarga rioya qilmaslik oqi-
batida turli to‘qnashuvlar vujudga kelishi mumkin ekanligini ham
tan oldi. Shuning bilan birga Kant
inson axloqsizligini qattiq
qoraladi. Kishilardan axloqiy norma va jamiyat oldidagi mas’uliyat,
burchlarini bajarish zarur ekanligini talab qildi. Uning inson
konsepsiyasida axloqiy poklik jamiyat a’zolari faoliyatining asosiy
mezonidir. Lekin Kant axloqiy yetuklikda turli cheklashlar, man
qilishlami absolutlashtirdi. Buning natijasida
inson faoliyati real
shart-sharoitlar ta’siri ostida emas, balki individual ongga alo-
qador bo‘lgan axloqiy talablar, qoidalar ta’sirida sodir bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: