O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Georg Vilgelm Fridrix Gegel 1770-yilda Germamyaning Shtutgart shahrida



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə258/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A


Georg Vilgelm Fridrix Gegel 1770-yilda Germamyaning Shtutgart shahrida
yirik amaldor oilasida dunyoga kelgan. Tyubinigen ilohiyot institutitini tugatgan.
1783— 1800-yillarda Bem da xonadon o'qituvchisi bo'Igan. 1801-yildan e ’tiboran
Yena universitetida o'qituvchilik, 1808—1816-yillarda esa Nyurenberg shahridagi
gimnaziyalardan biriga direktorlik qilgan. 1816-yilda Geydenberg, 1818-yilda Berlin
universitetlarida professor b o‘lib ishlagan. Berlin universitetining rektori b o ‘lgan.
1831-yilda Berlinda vafot etgan. Uning inson to ‘g ‘risidagi qarashlari «Xalq va
xristianlik», «Insonning hayoti», «Ruh fenomenologiyasi» asrlarida bayon etilgan.
334


mohiyat va hodisa (voqea), sabab va oqibat, miqdor va sifat, 
imkoniyat va voqelik, tasodif va zaruriyat, erkinlik ko‘rinishlarida 
namoyon bo'ladi. Ushbu kategoriyalar sof aqlning turli bos- 
qichlarini ifodalaydi.
Gegelning fikriga ko‘ra, inson — dunyoviy ruhning begona- 
lashuvidan boshqa narsa emas. Xuddi shunday pozitsiyadan turib 
inson inson bo'lib shakllanish jarayonini tahlil qildi. Insonning 
inson bo‘lib shakllanishida axloq hal qiluvchi ahamiyatga ega 
bo‘ladi. Uning tushuntirishicha, axloqiy normalar, prinsiplar 
insoniy munosabatlaming turli-tuman shakllaridan tashkil topa- 
di va dunyoviy aql xohish-irodasiga mos bo‘ladi. Kishilar xulq- 
atvorini ifodalovchi turli axloqiy normalar, prinsiplar ular amaliy 
faoliyati tufayli emas, balki dunyoviy ruh rivojlanishining lah- 
zasi (momenti) sifatida vujudga keladi.
Gegel inson faoliyatining shakllari, individual va ijtimoiy ong, 
o‘zini o ‘zi anglash, shaxs erkinligi haqida bir qator chuqur 
dialektik qoidalami bayon qildi. Uning asarlarida insonning inson 
darajasiga ko‘tarilishida mehnatning roli, kishilar turmushida mehnat 
qurollarining ahamiyati haqida bir talay fikr-mulohazalar bayon 
etilgan. Lekin Gegel insonning shakllanish jarayoni davrlarini 
ruhning rivojlanishi prizmasidan o'tkazib tahlil qildi. Chunki xuddi 
o‘sha ruh «ruh haqidagi esdaliklarni, uning o‘z o‘zidan qanday 
mavjud bo‘lib tuiganligi va qanday qilib ular o‘zlarining hukm- 
ronliklarini tashkil qilib turganliklarini»1 ifodalovchi yo‘lni bosib 
o'tishi lozim.
Gegelning mehnat to ‘g‘risidagi qarashlari absolut ruh faoli- 
yatiga, begonalashuv haqidagi mulohazalari esa anglash bilan 
o‘z o'zini anglash orasidagi qarama-qarshilikka borib taqaladi. 
Xulosa qilib aytganda, Gegel falsafasida inson muammosi — o‘z 
o‘zini anglash fenomenologiyasi muammosidir. Uning uchun 
insoniylikning mohiyati o‘zini o‘zi anglash bilan bab-barobardir.
Inson bilan jamiyat, individ bilan davlat orasidagi o ‘zaro 
aloqadorlik masalalari haqida fikr yuritgan Gegel — tarixda shaxs­
ning roli haqidagi subyektiv qarashlami tanqid qildi. Uning 
fikricha, buyuk shaxslar — tarixiy zaruriyatni boshqalarga qara- 
ganda to‘la va chuqur tushunuvchi kishilardir. Lekin tarixiy zaru-

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin