riyat
absolut ruhning rivojlanishiga, umumbashar tarixi esa ongda
va o‘z o'zini anglash borasida erishilgan taraqqiyotga mos
bo‘lmog‘i lozim. Shu qoidalarga asosan tarixiy shaxslaming faoli
yati ijtimoiy
rivojlanish qonunlariga emas, balki dunyoviy ruh
taraqqiyoti qonunlariga bo‘ysunmog‘i darkor.
Inson muammosi Lyudvig Feyerbax1 falsafiy mushohadasi-
ning asosiy obyekti edi. U, inson muammolariga bag'ishlangan
«Yangi falsafa», «Kelajak falsafasi»ni yaratishga
butun ongli umrini
baxshida etdi. Feyerbaxning fikriga muvofiq, haqiqiy falsafa, bu
antropologiya — inson haqidagi ta’limotdir.
Faylasuf uchun mod-
diylik bilan ma’naviylik birligi asosini inson tashkil etgandagina
uning haqiqiy ma’nosi namoyon bo'ladi.
Feyerbax asos solgan «Yangi falsafa» prinsiplariga muvofiq,
inson tabiatning bo'lagidir. U tabiat tufayli yashaydi. Tabiat inson
ni boquvchi onadir. Shuning uchun inson
tabiat oldida bir umiga
qarzdordir. «Yangi falsafa» tabiat insonni vujudga keltiruvchi asosiy
bazis deb hisoblaganda, insonni
falsafaning yakka-yu yagona, oliy
predmetiga aylantira borib, o‘z navbatida,
antropologiyaga,
shuningdek, fiziologiyaga, universal fanga aylantiradi2.
Feyerbaxning fikriga ko'ra, tabiatning bo'lagi bo'lgan o‘sha
tirik maxluqot, ya’ni inson, o‘ziga xos spetsifik
xususiyatlarga ega
bo‘ladi. Insonning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, uning fikr-
mulohaza yuritishga qodir ekanligidir. Insonning o‘ziga
xos xu-
susiyatlari haqida fikr-mulohaza yuritgan faylasuf bunday deb
yozgan edi: «Iroda, fikrlash va hissiyotda insonning oliy, ab-
salyut mohiyati va uning yashashdan maqsadi namoyon bo‘ladi»3.
Insonning fikr-mulohazasi tufayli ajdodlar
yaratgan intellektual
boylik avlodlarga yetkaziladi. Xuddi shu ma’noda, fikr-mulohaza
Dostları ilə paylaş: