XIX
asrning oxiri va XX asr boshlarida antiklassik falsafa
namoyandalari ijtimoiy-tarixiy praktikani o‘rganishga alohida
e’tibor bera boshladilar. «Xudo aqli» — «Absolyut g‘oya»ni,
boshqacha aytganimizda, klassik falsafa olg‘a surgan ratsionalizm
tamoyillarini tanqid eta boshladilar1.
Xususan, mashhur nemis faylasufi Artur Shopengauer (1788—
1860-y.) klassik falsafa namoyandalari har tomonlama ulug‘lagan
inson aqli o'miga inson irodasini qo‘ydi. Uning fikriga muvofiq,
iroda — bu insonning hohish-istaklarining shakllanishi uchun turt-
ki bo‘lgan motivlar yig‘indisidir. 0 ‘sha motivlar insonning xatti-
harakatiga ichki stimul beradi, uni har tomonlama qo‘llab-quwat-
laydi. Inson xatti-harakatiga stimul berib turadigan motivlarning
o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ular doimo o‘zgarib,
takomillashib turadi. Shuningdek, inson irodasini shakllantirgan
motivlar uning aqliy faoliyatining yo‘nalishlarini ham belgilab
beradi. Aqliy faoliyatning mustaqillik darajasini belgilashda ham
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Shopengauerning ta’kidlashicha, klassik falsafa namoyandalari
ko‘klarga ko‘tarib maqtagan, «qudratli aql» bilan irodani muro-
saga olib keladigan kuchlar ham mavjud bo‘ladi. 0 ‘sha kuchlar:
1. Irodani aql nazorati doirasidan «chetga olib chiqadi». Uni
«mutlaq erkin xohishga» aylantiradi. 2. Inson irodasining hali
foydalanilmagan ilohiy imkoniyatlarga uyqash ekanligini asoslab
beradi.
Shopengauerning e’tirof etishicha, iroda — bu «mutlaqlik
belgisi»dir. Chunki iroda real voqelikdan ajralgan, o‘ziga xos bir
dunyodir. Uning hech qanday chegarasi yo‘q, makon va zamonda
cheklanmagan. Shuning uchun ham, iroda makon va zamondan
tashqarida turadi, shakli-shamoyili ham yo‘q. U doimo rivojlanib
turadigan jarayon, lekin ushbu jarayonni inson bilishga qodir. O'z
navbatida, insonning bilish borasidagi qobiliyati irodaga xizmat
qiladi.
Shopengauerning tushuntirishicha, inson irodasi turli dara-
jalarda namoyon bo‘ladi. Inson irodasining holati, darajasini
mashhur nemis faylasufi Aflotunning g‘oyalariga o‘xshatadi.
G ‘oyalar hodisa va voqealardan o‘zgarmasligi bilan keskin farq
qiladi. Makon va zamondan tashqarida mavjud bo‘ladi. Shuning
Dostları ilə paylaş: