inson turmush tarzining barcha tomonlari o ‘ta ratsionalizatsiya-
lashib borayotganligi bilan o‘tmishdan mutlaqo farq qiladi. Xuddi
shu holat, shaxsning jamiyatdan begonalashib borishiga sabab
bo'lmoqda. XX asr ekzistensialistlari ta ’kidlaganlaridek, hozirgi
zamon texnikasining yutuqlari, iqtisodiy imkoniyatlari, ommaviy
kommunikatsiya vositalari, ommaviy madaniyat o‘choqlari be-
gonalashuv jarayonining ta’sir doirasini kengaytirmoqda. Ayniq-
sa, kishilaming texnikadan begonalashuvi ortib borayotir. Ular
texnikani ilohiylashtirishga qarshi chiqib, ilmiy-texnika progressi-
ning jadallashuvi insonni «mashinalar funksiyalarini» bajaruvchi
mexanizmga aylantirib qo‘yayotganligini ta ’kidlamoqdalar. Ana
shunday sharoitda insonni begonalashuvdan xalos qiladigan qudrat
— uning individual erkinligini mustahkamlash, axloqiy kamo-
lotini takomillashtirish zarur ekanligini qayta-qayta takrorlamoq-
dalar1.
Begonalashuv jarayonini to ‘laroq tasawur etmoq uchun ekzis-
tensial falsafa tadqiqotchilarining fikriga ko'ra «begonalashuv» va
«o‘z o'zidan begonalashuv» tushunchalarini farqiga bormoq darkor.
Amerikalik faylasuf Richard Shaxt «Begonalashuv» (1972-y.) ki-
tobida ta ’kidlaganidek, «begonalashuv» tushunchasini shaxsning
manfaati jamiyat manfaatiga mos tushmay qolganda ishlatmoq
darkor. Uning fikriga ko‘ra «begonalashuv» tushunchasi individ-
ning boshqalardan ajrala boshlaganligini ifodalaydi. Begonalashuv
individning individualligining ifodasi emas. Richard Shaxtning
fikriga asosan, «o‘z o'zidan begonalashuv» esa individning madani-
yatdan, xulq-atvor normalaridan, siyosiy tuzumdan, mehnat-
dan, jamiyatdan uzoqlashishini ifodalaydi. Muallifning tushun-
tirishicha, «begonalashuv fenomeni» haqida gapirganda umumiylik
nuqtayi nazaridan gapirish o‘rinli bo‘ladi.
Amerikalik ekzistensialist faylasuf Uolter Kaufmanning fikri
ga muvofiq «begonalashuv»ni, «kasallik» yoki «himmat» deb
emas, balki inson mavjudligining eng umumiy tavsifi, deb
tushunmoq darkor. Chunki begonalashuv nafaqat burjuaziya huk-
mronlik qilayotgan jamiyatda, balki har qanday jamiyat uchun
ham taalluqli bo'lgan holatdir. Uning tushuntirishicha, bego
nalashuv o‘sish, rivojlanish jarayonining ajralmas qismidir. In
son mustaqil shaxs darajasiga ko‘tarilmog‘i uchun, eng awalo,
Dostları ilə paylaş: