ning qullik, zug'umning har qanday ko‘rinishlaridan faqat ijod
etilgan yangi qadriyatlar saqlab qoladi. Aniqroq qilib aytganda,
ijodkorlik tufayli yaratilgan yangi kashfiyotlar insonni har qanday
balo-qazodan asraydi. Lekin hozirgi zamon sivilizatsiyasi sharoitida
kashf etilgan ba’zi kashfiyotlar insonga yaxshilik olib kelmaydi,
aksincha, insonga qarshi ishlay boshlaydi. Undan erkinlikni toitib
oladi. Insonni ijtimoiy-ma’naviy tutqunlikka giriftor etadi. Shuning
uchun ham, N.A.Berdyaev insonni ijtimoiy-ma’naviy tutqunlikdan
xoli qiluvchi barcha harakatlarni qo‘llab-quwatlaydi. Insonni har
tomonlama e’zozlashga da’vat etadi. Uning ta’kidlashicha, har qan
day vaziyatda ham shaxs ustidan ommaning hukumronlik qilishiga
yo‘l bermaslik lozim. Chunki nafaqat buyuk kishilar, balki har
qanday inson jamiyatdan, davlatdan ustun turadi. Inson manfaati
har qanday ijtimoiy va davlat manfaatidan yuqori turmog'i zarur1.
Odaxnlami allaqanday ijtimoiy tuzum yoki g'oya qurboni qilish —
kechirib bo‘lmas holatdir.
N.A.Berdyaevning inson to ‘g‘risidagi fikr-mulohazalari Ger-
maniya va Fransiyada ekzistensializm, presonalizmning rivojla-
nishi uchun zamin yaratdi.
XIX
asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan ekzistensializm
falsafasi X X asr
boshlarida, aniqrog‘i, birinchi jahon urushi
yillarida Germaniyada keng tarqaldi. Nemis ekzistensializmining
shakllanishida Karl Yaspers va Martin Xaydeggerlaming xizmat-
lari katta bo‘ldi.
Nemis ekzistensializmining asoschilaridan biri, Bazel univer-
sitetining professori Karl Yaspers (1883—1969-y.) o'zining ekz-
istensialistik qarashlarini «Umumiy psixopatologiya» (1913-y.), «Aql
va ekzistensiya» (1935-y.), «Filosofiya» (1932-y.), «Atom bom-
basi va insonning kelajagi» (1958-y.) va XX asrning oltmishinchi
yillarida chop etgan «GFR qayoqqa qarab borayotir», «Ayb mua-
mmosi» kabi asarlarida bayon qildi. Uning tushuntirishicha, fal-
safaning asosiy vazifasi — insonning ongli faoliyatiga tayanib,
uning hali anglab olinmagan ekzistensiyasini bilib olishdan ibo-
rat bo‘lmog‘i darkor. Bunday murakkab vazifani bajarmoq uchun
irratsionalizmga suyanish zarur, chunki olamda mavjud bo'lgan
aqlsizlik — oliy donishmandlikning manbai ekanligini tushuntirib
berishi darkor.
Dostları ilə paylaş: