Karl Yaspers ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda yozgan
asarlarida insoniyat boshi uzra atom urushi ko‘lankasi suzib yur-
ganligi, bu dahshat o‘ta xavfli bo‘lib, insoniyatning bir necha
avlodi yaratgan bugungi jahon sivilizatsiyasini yo‘q
qilib yubori-
shi mumkin ekanligidan ogoh bo'lishga chaqirdi. Ana shunday
sharoitda falsafa jahondagi barcha kishilami, siyosiy harakatlarni
inson atrofini o‘rab turgan dahshatga
qarshi kurashga safarbar
qilmog‘i darkor, deydi.
Martin Xaydegger (1889—1976-y.) o‘zining ekzistensialistik
qarashlarini «Borliq va zamon» (1927-y.), «Kant va metafizika
muammosi» (1929-y.), «Metafizikaga kirish» (1953-y.) kabi asar
larida bayon etdi. Martin Xaydegger fashizmning insoniyat boshiga
solishi mumkin bo‘lgan dahshatga awaliga tushunib yetmadi. 1933-
yilda Germaniyaga rahbarlik qilish
uchun tarix shohsupasiga
ko‘tarilgan natsionalsotsialistlar partiyasi taklifi bilan Freyburg
universitetining rektori lavozimida ishladi. Rektorlik lavozimini
bajarishga kirishish chog'ida so'zlagan nutqida natsionalsotsializm
ideologiyasini tan oldi. Lekin oradan biroz vaqt o‘tgach, fa
shizmning antigumanistik
mohiyatini payqab, rektorlik lavozimi-
dan ketdi va antifashistik pozitsiyada turdi.
Ekzistensialistik qarashlar ikkinchi jahon urushi yillarida Fran-
siyada keng tarqaldi. Fransuz yozuvchi-faylasuflari Jan Pol Sar-
tr, Alber Kamyu,
Gabriel Marsel, Merlo Ponti, Simona de
Bovuarlarning asarlarida buni yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
J.P.Sartr, A. Kamyular ikkinchi jahon urushi yillarida fransuz
«Qarshilik ko‘rsatish» antifashistik harakatida
faol ishtirok etdilar
va uning ideologlari vazifasini bajardilar. J.P.Sartming «Pash-
sha», A.Kamyuning «Vabo» va boshqa asarlarida1 fashizmning
antigumanistik mohiyati fosh qilindi.
Taniqli fransuz publitsisti, dramaturgi va jam oat arbobi
J.P.Sartr (1905— 1980-y.) o‘z ijodining
dastlabki yillarida yirik
fenomenolog sifatida ijod qilgan bo'lsa, ikkinchi jahon urushidan
so‘ng yozgan asarlarida inson borlig‘i tashqi muhitda, jamiyatda
mavjud bo‘lgan hukmron siyosat qanday g‘oya
bilan qurollan-
ganligiga bog‘liq ekanligini tushuntirib berdi2.
Dostları ilə paylaş: