O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Зотов А.Ф., Мельвин Ю .К



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə269/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A


Зотов А.Ф., Мельвин Ю .К. Буржуазная ф илософия середины XIX начала
XX века. М. 1988, 287-331-betlar.
351


F.Nitsshe «Bevaqt qoralamalar», «Insonga xos, haddan 
tashqari insonga xos», «Quvnoq bilim», «Achchiq hikmat», 
«Zardusht tavallosi», «Yaxshilik va yomonlikning narigi tarafl- 
da», «Ollohning kelib chiqishi», «Sanamlarning shomi», «Da- 
jjol» kabi falsafiy-adabiy asarlarida inson to ‘g‘risidagi Yevropaga 
xos yangi fikr-mulohazalarni bayon etdi1.
F.Nitsshening fikriga ko‘ra, odam bolasida maxluq va xoliq 
bir butun bo‘lib uyushadi. U maxluq deganda odamdagi hay- 
voniy, xoliq deganda odamdagi insoniy qiliqlarni tushunadi, 
ya’ni F.Nitsshening falsafiy qarashlarida odamni maxluqlikdan 
xoliqlik darajasiga ko‘tarish markaziy o ‘rinni egallaydi.
Fridrix Nitsshe inson chinakam barkamollik darajasiga 
ko‘tarilmog‘i uchun, awalo, maxluqlarga xos qiliqlardan xoli 
bo‘lmog‘i darkor. Inson maxluqlarga xos qiliqlardan, xatti-harakat- 
lardan xoli bo‘lgandagina xoliqlik, ya’ni barkamollik darajasiga 
ko‘tariIadi. Chinakam barkamol insonga, odamlaming sarvariga 
aylanadi, deb tushuntiradi. U xoliq, ya’ni barkamol inson 
to‘g‘risidagi qarashlarini isbotlashda Qadimgi Sharq falsafasiga, 
aniqroq qilib aytganda, o‘rta va yaqin Sharqda eramizdan awalgi 
VII—VI asrlarda keng tarqalgan zardushtiylik diniy-falsafiy ta’limotiga 
tayanadi.
Zardusht qarashlaridan ilhomlangan nemis allomasi, inson 
chinakam inson, ya’ni xoliq darajasiga ko‘tarilmog‘i uchun hami- 
sha yaxshi orzular, istaklar, umidlar bilan yashamog‘i darkor. 
Orzular, umidlar bizning eng yaxshi bolalarimiz bo‘lmog‘i ke- 
rak, deydi2 F.Nitsshe. Uning ta ’kidlashicha, inson xoliq dara­
jasiga ko‘tarilmog‘i uchun, eng awalo, o‘z nafsini tiya bilishi 
lozim.
Nitsshening ta’kidlashicha, xoliq darajasidagi barkamol kishi 
haqiqatparvar bo‘lmog‘i zarur. Haqiqatni esa inson o‘z qalbidan 
izlamog‘i lozim. Zardusht an’analariga asoslangan mutafakkir, 
inson haqiqatga erishmog‘i uchun ikkiyuzlamachilik, laganbar- 
dorlik, kalondimog‘lik, gerdayish, xudbinlik kabi barcha illatlar- 
ni yanchib tashlashi, yaxshi, imonli odamlaming hurmatini 
joyiga qo'yishi, fidokor, bunyodkor kishilarni e’zozlashi lozim3.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin