kuchi» (1962-y.), «Autsayder izidan» (1965-y.) asarlarida har
tomonlama tahlil qilindi. Minglab-millionlab ingliz fuqarolari
ma’naviyati zaiflashib borayotganligi isbotlab berildi. Ma’naviyati
tanazzulga uchragan bunday kishilami K.Uilson, M.Xaydegger
aytgan «autsayderlarga
0
‘xshatadi»1.
Kolin Uilson fikriga muvofiq, autsayder — hammaga o'xshash
odam, lekin uning qiliqlari, fikrlash madaniyati g'alati. Maqsa-
di, intilishlari boshqalamikidan mutlaqo farq qiladi. O'sha g‘alati
kimsa, ya’ni autsayder jamiyatning ustiga chiqib olishga intila-
di, hatto uning sudyasi bo'lishga harakat qiladi.
Uilson individning autsayderga aylanishini madaniy-ma’naviy
aspektda ham, psixofizik aspektda ham alohida bir mezon bilan
ajratib ko‘rsatish zarur, deb hisoblaydi. Chunki u yoki bu
shaxs emansipatsiyasining asosidabiron holatning prinsipial ta’siri
emas, balki irratsional holatning ta ’siri yotadi, deb tushunti-
radi.
Kolin Uilson «autsayderlar» ma’naviy qiyofasini ta’sirlashda
nemis klassik falsafasining tadqiqotchilaridan biri Osvald Ship-
ingler (1880— 1936-y.) va o‘z vatandoshi Arnold Toynbi (1889—
1975-y.) qarashlariga asoslanadi. Arnold Toynbi fikrlarini hech
qanday o'zgarishsiz davom ettirgan K.Uilsonning e’tirof etishicha,
autsayderlar yashayotgan jamiyat ma’naviy chirigan, tubanlash-
gan. Shuning uchun bunday jamiyatda yashagan kishiga faqat
instinktlar turtki beradi. Autsayder yolg'iz, xudbin individ si-
fatida jamiyatga qarshi bir o‘zi qo‘zg‘alon ko‘taradi. Lekin in
soniyat qo‘lga kiritgan sivilizatsiya yo‘q bo'lib ketish arafasida
turganda, uni vayron qilib tashlashga qodir bo'lgan kuchlar
tayyor bo‘lib turgan bir paytda, instinkt o'zini o‘zi himoya qila
olmaydi, xuddi shunday paytda zukko intellektual ong zarur
bo'ladi. Uilsonning ta ’kidlashicha, ana shunday ong — dindir.
Faqat universal din eski sivilizatsiya o‘rniga yangi sivilizatsiya-
ning qaror topishini ta ’minlashi mumkin. Shunday qilib, K.
Uilson dinning zarur ekanligini, uni har tomonlama boyitish
lozimligini e’tirof etadi. Yangi sivilizatsiyani vujudga keltirishda
eng muhim umid dinda, deb biladi2.
K. Uilsonning ekzistensializm taraqqiyotiga qo'shgan eng
muhim hissalaridan biri — nemis faylasufi E.Gusserl tomonidan
Dostları ilə paylaş: