til tufayli inson amaliy faoliyati m a’lum maqsad tom on
yo'naltiriladi. Tor ma’noda til — insonning axborotli, belgili
(imo-ishorali) faoliyati bo'lib, uning nutqida o‘z ifodasini to-
padi. Shuning uchun ham mashhur ruhshunos olim L.S.Vigotskiy
aytganidek, nutq bir tomondan o‘zi alohida predmet xarakteriga
ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan inson faoliyatining yanada ser-
mazmun bo‘lishida muhim vosita hisoblanadi2.
Shuningdek, til moddiy va m a’naviy madaniyat vujudga
kelishida ham ulkan ahamiyatga egadir. Til yordamida inson
ning dastlabki ajdodi — paleantrop asta-sekin uy-joyli bo'lib,
kiyim tikish va kiyinishni, oziq-ovqat pishirish va iste’mol
qilishni o'rgandi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki,
inson amaliy faoliyati til vujudga kelishi bilan boshlangan,
boshqacha aytganimizda, inson faoliyati til bilan dialektik alo-
qador.
Antroposotsiogenez jarayonining eng muhim omillaridan yana
biri — insonni inson ishlab chiqarganligidir. Inson insonni ish
lab chiqaradi deganda, inson insonning faoliyati, dunyoqa-
rashi, aql-farosatining shakllanishiga ta ’sir qiladi, uning ongini
va faoliyatini asta-sekin o‘zgartiradi, deb tushunmoq kerak. Inson
inson tufayli vujudga kelganligi uzoq davom etgan jarayon bo‘lib,
bu holat insonning eng dastlabki ajdodlari orasidagi munosa-
batlaming vujudga kelish jarayoniga borib taqaladi. Aniqroq qilib
gapirganimizda, insonni inson ishlab chiqarish jarayonining
asosini oilaviy munosabatlar tashkil etadi.
Oilaviy munosabatlaming vujudga kelishida eng asosiy o‘rinni
nikoh egallaydi. Dastlabki nikoh agomiya (o‘z jamoasida faqat
eng yaqin qarindoshlari bilan nikohda bo'lishda) va ekzogomiya
(o‘z jamoasidan, urug‘-aymog‘idan boshqalar bilan nikohda
bo'lish) ko‘rinishlarida sodir bo‘ladi. Oilaviy munosabatlaming
rivojlanib borishi bilan qavm-qarindoshlik, urug‘-aymoqchilik
munosabatlari ham rivojlanib boraverdi. Oilaviy munosabatlarni
boshqarishda ota-ona, bobo-momolaming roli, aka-uka o‘rtasidagi
munosabatlaming ahamiyati ham asta-sekin oshib boraverdi. Shu
Dostları ilə paylaş: