ushalmasligi bir tomondan, uning yashashi, ijodiy faoliyat
ko'rsatish uchun qudratli qo‘zg‘atgich vazifasini bajarsa, ik
kinchi tomondan, xuddi shu qudrat insonning turli qobiliyat-
larini, malakalarini, iste’dodlarini har tomonlama rivojlantirish-
ga yordam beradi. Har bir kishi hayotining mazmunini shu
holat tashkil etadi.
Inson o‘zining barcha orzu-umidlarini jamiyat orqali ro'yobga
chiqarmoqchi bo'ladi. Lekin jamiyat zamonlar o'zgarishi bilan
o'zgarib turadi. Tarixiy sharoit o'zgarib turishidan qat’i nazar
insonning hayoti, turmush tarzi jamiyat bilan uzviy bog'liq
bo‘ladi.
Ushbu aloqadorlik mexanizmida shaxsiylik bilan ijtimoiylik,
ya’ni yakka shaxs manfaati bilan jamiyat manfaatining uyg‘unligi,
bir-biriga mos bo'lishi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Inson man
faati jamiyat manfaatiga mos tushmasa, ulaming orasidagi zid-
diyat keskinlashib boraverdi. Bunday ziddiyatlaming keskinlashib
borishi insonning jamiyatdan begonalashib borishiga sabab bo'ladi.
Shuning uchun ham inson jamiyatda ijtimoiy adolat normala-
rining qaror topishi, demokratik prinsiplarning hukmronlik qi-
lishi, shaxs bilan jamiyat orasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish
zarurligini asrlar osha orzu qildi.
Inson hayotining mazmuni faqat bir o‘zining orzu-umid-
lari, istaklarini ro‘yobga chiqarish, ehtiyojlarini qondirish, faqat
o‘zi uchun, o‘zining manfaati uchun yashashdan iborat, degan
ma’noni bildirmaydi. Chinakam inson darajasiga ko'tarilgan bio-
sotsial mavjudot hamisha el-u yurt, millat manfaati haqida ham
bosh qotiradi. El-yurt, millat manfaati haqida o'ylamaydigan,
erta-yu kech o‘z manfaati haqida o'ylaydigan kimsalarni mash
h u r rus yozuvchisi Lev Tolstoy «hayvonlashgan shaxs»
(животная личность) deb atagan edi1.
Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan hozirgi sharoitda
faqat o‘z manfaatini o ‘ylaydigan, insof, diyonat, aql-farosat
nidosiga quloq solmaydigan «hayvonlashgan shaxslar» soni
ko‘payib ketdi. Bunday kimsalar o‘z manfaatlari yo‘lida har
Dostları ilə paylaş: