biologiyaning maxsus bo‘limlari ekanligiga ishonch hosil qi-
lamiz, deb ta ’kidlaydi, E.O.Uilson. Tarix va badiiy adabiyot
inson faoliyatini yagona biologik tur sifatida o‘rganuvchi vosita
ekanligiga guvoh bo‘lamiz, deydi pirovardida u.
Insonning mohiyatini biologiyalashtiruvchi qarashlarga qarshi
chiqqan boshqa bir guruh insonshunos olimlar inson kamo-
lotida hal qiluvchi omil — ijtimoiy muhit, ya’ni inson ijtimoiy
muhitning mahsuli, degan g‘oyani ilgari surdilar.
Ayniqsa, bizning asrimizda antiutopik adabiyotda hammani
tenglashtirishga qaratilgan ijtimoiy g‘oyaga asoslangan yangi ide
al jamiyat modelini yaratishga qaratilgan harakatlar boshlandi.
Masalan, angliyalik antiutopik yo^uvchi O.Xaksli o'zining «Yangi
dunyoning to ‘lg‘oqlari» (1932-y.) romanida mehnatning turiga
qarab, o‘sha mehnatga moslashgan inson degan mavjudotning
sunyiy turlarini yaratish mumkinligini isbotlashga urinadi va o‘sha
yasama insonning dastlabki tiplarini yaratadi.
Ba’zi faylasuflar, ruhshunoslar insonning mohiyatini ruhiy
holatlar, istaklar, intilishlar va mayllar belgilaydi, degan g'oyalami
ilgari suradilar. Bunday qarashlami freydizm ta’limotida yaqqol
ko'rishimiz mumkin. Ushbu ta’limotning asoschisi — avstriyalik
vrach, psixolog olim Zigmund Freyddir (1835—1939-y.)1.
Inson ruhiyatining buyuk tadqiqotchisi Z.Freydning fanga
qo‘shgan hissasini jahon jamoatchiligi haqli ravishda Aristotel,
Nyuton, Gyote, Darvin, Eynshteyn kashfiyotlari bilan teng-
lashtiradi. Zigmund Freyd inson ruhiy-ma’naviy olamini tahlil
qildi, inson ma’naviy olami shakllanishida onglilik bilan ongsiz-
lik orasidagi o‘zaro aloqadorlik mexainizmini har tomonlama
o‘rgandi. U inson ma’naviyatini chuqur o'rganib, ongsizlik in
son ruhiyatining asosini tashkil etadi, degan xulosaga keladi va
uning tushuntirishicha, insonda onglilikka qaraganda ongsizlik
tomon intilish kuchliroq bo‘ladi. Ongsizlikni belgilovchi va hal
qiluvchi muhim omil — jinsiy mayldir. Inson ruhiyati xuddi
shu jinsiy maylning qondirilishi bilan bevosita bog‘liq. Ruhiyat-
ning buzilishi ham ana shu jinsiy maylning qondirilmaganligi-
Dostları ilə paylaş: