O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Сахаров А.Д. Размышления о прогрессе, мирном сосущ ествовании и



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə298/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Сахаров А.Д. Размышления о прогрессе, мирном сосущ ествовании и
интеллектуальной свободе. Вопросы ф илософии, 1990, № 2, 10-bet.
396


ekologik vaziyatni keskinlashtirib yubordi. Ekologik vaziyatning 
keskinlashuvi tabiat bilan jamiyat orasidagi ziddiyatni kuchay- 
tirdi. Buning oqibatida tabiat muvozanati buzildi. Tabiat muvo- 
zanatining buzilishi insoniyat boshiga ko‘z ko‘rib, quloq eshit- 
magan balo-qazolami olib kelayotir.
Ekologik sistemadagi asosiy-markaziy me’yorning buzilishi 
boshqa tabiiy holatlarning ham buzilishiga sabab bo‘ladi. 0 ‘z 
navbatida, tabiiy me’yor bilan ijtimoiy me’yor o'rtasidagi zid- 
diyatlar borgan sari keskinlashdi. Bunday ziddiyatni bartaraf 
etmoq uchun tabiiy me’yor bilan ijtimoiy me’yor o‘rtasidagi 
mutanosiblikni ta’minlovchi ilmiy asoslangan ma’lumotlarga ega 
bo'lish zarur. Ilmiy asoslangan ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyoj- 
ning uzluksiz ortib borishi bir tomondan, jamiyatda «informat- 
sion portlash»ni vujudga keltirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, 
«informatsion ochlik»ni vujudga keltirdi.
Jahonning rivojlangan mamlakatlarida ekologik vaziyat 
to ‘g‘risida ilmiy asoslangan ma’lumotlardan foydalanish sur’ati 
yildan-yilga ortib bormoqda. Fuqarolaming yangi ma’lumotlarga 
bo'lgan ehtiyojlarini kompyuterlar bajarmoqda. Mutaxassislar- 
ning guvohlik berishicha, bunday ma’lumotlarni olish uchun 
endilikda faqat elektronikadan emas, hatto fotonlardan ham 
foydalanilayotir.
Jamiyatni ekologik ma’lumotlar bilan uzluksiz ta’minlab tu- 
rish uchun uni hozirgi zamonning ilg‘or kompyuterlari bilan 
ta’minlashning o‘zi yetarli emas. Buning uchun butun jamiyatni 
informatsion qayta qurish, yoki har bir kishining turmush 
tarzini, butun bir ijtimoiy muhitni eski bosqichdan yangi bos- 
qichga ko‘tarish lozim. Xullas, ekologiyasi musaffo jamiyat ha­
qida gapirganimizda, eng awalo, ekologik vaziyat haqida aniq 
informatsiyalarga ega bo'lgan jamiyatni tasawur etmoq kerak. 
Informatsiyalashgan jamiyat — insoniyat ijtimoiy taraqqiyotining 
shunday bir holatiki, bunda odam ijtimoiy taraqqiyotga keskin 
ta’sir etuvchi juda katta ma’lumotlar hajmiga ega bo'ladi. Xuddi 
o'sha ma’lumotlar oqimini boshqarish, muvofiqlashtirish yor­
damida «informatsion portlash» bilan «informatsion ochlik» 
orasidagi ziddiyat bartaraf etiladi.
Ekologiyasi musaffo jamiyatni barpo etish ijtimoiy-tabiiy
397


muhitni qayta qurish bilan ham chambarchas bog‘liqdir. De- 
mak, bunyod etmoqchi bo'lgan jamiyatning qiyofasi faqat o‘sha 
jamiyatda yashovchi fuqarolar farovonligi, sog'lom turmush 
tarzi, demokratiyasi, insonparvarligining darajasi bilangina emas
balki o‘sha jamiyat a’zolari uchun yaratilgan musaffo tabiiy 
muhit bilan ham belgilanadi. Haqiqatdan ham, bo‘lgusi jam i­
yatning ekologik qiyofasi faqatgina odamlaming iqtisodiy farovon­
ligi bilan emas, ayni paytda fan va texnika taraqqiyoti bilan 
ham xarakterlanadi. Shuningdek, ijtimoiy hayotning barcha 
jabhalarini demokratiyalashtirish, insonparvarlashtirish, odam- 
larning faolligi, ijodkorligi, mehnatga vijdonan, halol muno- 
sabatda bo‘lishi uchun mavjud bo'lgan barcha shart-sharoitlar, 
madaniyatning turli sohalarida shakllangan umuminsoniy qadri- 
yatlar jam iy atn in g ekologik m uam m olari ch ig ‘irig ‘idan 
o‘tkazilishi darkor.
Jahonning bir qator rivojlangan mamlakatlarida musaffo 
ekologik m uhit yaratishdek umumbashariy ishga kirishildi. 
Ekologik m a’lumotlar yordamida energiya, xom ashyo va turli 
tabiiy resurslarni tejab-tergash, ekologik sof texnika va 
texnologiyani vujudga keltirish boshlangan. Jahon aholisining 
20 foizi yashayotgan ilg‘or kapitalistik mamlakatlarda dunyo- 
da ishlab chiqariladigan energiyaning 60 foizi iste’mol qilin- 
moqda. Xuddi o‘sha mamlakatlar sayyoramiz tabiiy m uhitin- 
ing yarmini ifloslantirayotir. O'z navbatida, ekologik tanglikni 
bartaraf etish yo‘llarini izlab topishda ham yetakchilik qilayo- 
tirlar. Musaffo ekologik muhitga ega bo‘lgan jamiyat qiyofasini 
yaratishda, ekologik vaziyatning salbiy oqibatlarini bartaraf 
etishda ham, ushbu jarayonning nazariy, amaliy muammo- 
larini o'rganishda ham o ‘sha mamlakatlar olimlari ilg‘orlik 
qilayotirlar. Atrof, m uhit sofligini ta ’minlashda, tabiiy resurs- 
la rd a n te ja b -te rg a b fo y d alan ish d a jo n b o zlik q ilayotgan 
«ko‘kalamlashtirish» ijtimoiy demokratik harakat namoyandalari 
ham bu borada fidoyilik qilmoqdalar.
Ekologik musaffo jamiyatni barpo qilish, jamiyat bilan tabi­
at o'rtasidagi aloqadorlikni ham qayta qurishni taqozo etadi. 
Bunday aloqadorlikning oqilona tashkil etilishi va amalga oshi- 
rilishi ekologik tanglik yo'liga mustahkam g‘ov bo'ladi. Ekologik
398


jarayonlaming tolmas tadqiqotchilaridan biri U.D.Ursul bu alo- 
qadorlikni jamiyatning intensiv-koevolyutsion holati, deb ba- 
holadi1.
Jamiyat bilan tabiat orasidagi ziddiyatning mahsuli bo'lgan 
ekologik inqirozni bartaraf etish kishilaming ekologik madani- 
yati bilan ham bevosita bog'liqdir. Ekologik madaniyat deganda 
jamiyatdagi u yoki bu madaniy yodgorliklarni saqlab qolishni 
tushunmaslik darkor. Ekologik madaniyat juda keng qamrovli 
tushuncha bo‘lib, bu inson tomonidan yaratilgan «ikkinchi tabiat» 
ekologiyasidir. Farqli tomoni shundaki, ekologik madaniyat «birin- 
chi tabiat» yaratgan noz-u ne’matlarning barchasini saqlab 
qolish bilan chegaralanib qolmaydi, balki ularni umuminsoniy 
ehtiyoj, umuminsoniy qadriyatlar uchun qay biri zarur bo‘lsa, 
o'shani saqlab qolish demakdir. Shuning uchun ham ekologik 
madaniyat milliy-madaniy merosni saqlab qolish funksiyasini 
bajarish bilan birga umuminsoniy ekomadaniy vazifani ham 
bajaradi.
Ekologiyasi musaffo jam iyatni vujudga keltirish tabiiy 
muhitning musaffoligi bilan uzviy bog‘liq. Tabiiy muhit musaf- 
foligini ta’minlamasdan turib, ekologiyasi musaffo jamiyatni barpo 
etish haqidagi gaplar quruq orzu bo'lib qolaveradi. Ekologik 
vaziyatning keskinlashib borishi bilan, tabiiy muhit musaffoli- 
gini ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish uchun 
kurashning avj olib borayotganligi fikrimizning isbotidir.
Ekologiyasi musaffo jamiyat sharoitida har bir shaxsda yuk- 
sak ekologik madaniyat shakllanadi. Odamlar o‘zlarining yuksak 
axloqiy fazilatlari bilan atrof-m uhitni ifloslanishiga yo‘l 
qo‘ymaydilar. Atrof-muhit sofligi, musaffoligini saqlab turishga 
chorlovchi, tabiiy resurslardan tejab-tergab foydalanishga un- 
dovchi an’analar, bayramlar, marosimlar avj olib ketadi. Jami­
yat a’zolarining bunday xayrli faoliyati asosida, nafaqat milliy
balki umuminsoniy qadriyatlar yotadi.
Energiya — insoniyatning yer yuzida mavjudligini saqlab tu­
ruvchi eng muhim manbadir. Yuqorida eslatib o‘tganimizdek, 
fan-texnika yutuqlarini xalq xo‘jaligiga tadbiq etishning uzluksiz

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin