O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


«Gerontologiya» — inson organizmining tuzilishi va umrini uzaytirish ma-



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə295/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 «Gerontologiya» — inson organizmining tuzilishi va umrini uzaytirish ma-
salalari bilan shug'ullanuvchi fan.
393


o'lishi yoki o‘lmasligi uning ma’naviy qiyofasidagi insonparvar- 
likning real holati darajasi bilan bog'liq.
«Inson o‘limi» muammosi hozirgi zamon faylasuflari orasida 
turli tortishuvlarga, munozaralarga sabab bo‘layotgan muammo- 
lardan biridir. Ayniqsa, «inson o‘lish huquqiga egami?» degan 
muammo ilmiy jamoatchilik orasida turli bahslashuvlarga sabab 
bo‘layotir. Insonning o‘z ixtiyori bilan hayotdan ketishi («o‘zini 
o‘zi o‘ldirishi») masalasida ham turlicha fikr-mulohazalar mavjud. 
Chunonchi, diniy dunyoqarash insonning o‘z ixtiyori asosida 
hayot bilan xayrlashuvini qattiq qoralaydi. Islom dini qoidalariga 
muvofiq, o'zini o‘zi o‘ldirgan kishiga, hatto janoza o'qilmaydi. 
Xristian dini talablariga ko‘ra bunday kishilaming jasadini mo- 
zorga ko‘mish ta’qiqlanadi.
Fan-texnika jadallik bilan rivojlanayotgan hozirgi sharoitda 
inson hayotini meditsina tomonidan qattiq nazorat ostiga olini- 
shi ushbu muammoning dolzarbligini yanada oshirib yubordi. 
Chunki hozirda evtanaziya (grekcha-og‘riqsiz, degan m a’noni 
bildiradi), ya’ni og‘riqsiz o‘lim masalasida turli bahslashuvlar, 
munozaralar ko'payib bormoqda. Evtanaziya tarafdorlari antipa- 
temalistlar, deb yuritiladi. Antipaternalistlarning flkr-mulohaza- 
lariga muvofiq, inson o'lish huquqiga ega bo‘lmog‘i, uning bunday 
huquqi maxsus qonun yordamida rasmiylashtirilishi darkor. Ush­
bu qonunga muvofiq o‘limni o‘ziga ravo ko‘rgan kishining hayot 
bilan xayrlashuvi boshqalarga zarar keltirmasligi lozim. Inson­
ning o‘z ixtiyori bilan o'lishi boshqalarga zarar keltirsa, bunday 
holat axloq normalariga zid bo‘ladi.
Paternalizm tarafdorlari esa insonning o‘zini o‘zi o‘ldirishi 
umuminsoniy axloq normalariga zid deb tushuntiradilar. Inson­
ning yashashi muqaddasdir, deb hisoblaydilar.
Yuqoridagi munozaralardan, insonda o‘lish madaniyatining 
bo'lishi ham tarixiy zaruriyat ekanligiga ishonch hosil qilamiz. 
0 ‘lish madaniyatining asosida optimizm yoki pessimizm yotishi 
mumkin. Boshqacha aytadigan bo'lsak, inson hayoti uning aql- 
zakovati, m a’naviy qiyofasidagi insonparvarlik, realizm bilan 
bevosita bog‘liq bo'lganligi uchun ham yer yuzida hayotni saqlab 
qolish — insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan 
biridir. Aql-zakovatga tayanmasdan turib, nodonlik, johillik, yo- 
vuzlikni tugatish mumkin emas.
394



Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin