eng ilg‘or fikr-mulohazalar haqida lom-mim deyilmadi. Insonning
turli ijtimoiy fazilatlari haqida zo‘r berib gapirildi. Amalda esa inson
biologiyasi vulgarlashtirildi. Natijada, inson his-tuyg‘ulari kamsitildi,
jismi esa sotsiologiyalashtirilgan o‘ziga xos ijtimoiy shaklga aylantirildi.
Jamiyat
hayotida, kundalik turmushda inson ma’naviy ehtiyojlari
moddiy ishlab chiqarish ehtiyojlariga nisbatan keyingi o‘ringa surib
qo'yildi. Moddiy jabhada ishtirok etayotgan kishilarni haddan ortiq
ulug‘lash, «hazrati ishchi», «hazrati dehqon», degan uydirmalar
o‘ylab topildi. Ma’naviy ishlab chiqarishda
halol va fidoyilik qilayot-
gan, o‘n yillab zahmat tortgan olim, yozuvchi, shoir mehnatini
«ikkinchi nav» qarichi bilan o'lchash urf bo'ldi. Inson tani (bi
ologiyasi) bilan ma’naviyati orasidagi aloqadorlik mexanizmi chu
qur tahlil etilmadi. Moddiy ishlab chiqarishni uzluksiz kengaytirish
tabiiy
resurslar kamayib ketishiga, tabiat muvozanatining buzilishiga
sabab bo'ldi. Fan-texnika yutuqlarini xalq xo'jaligiga tatbiq etish,
chunonchi, turli zaharli ximikatlardan foydalanishning ortib borishi
odamlar salomatligini yemirdi. Odamlar, ayniqsa, onalar salomatli-
gining zaiflashishi bilan jismonan majrah tug‘ilgan
bolalaming soni
ko'payaverdi. Tabiiyki, jismi zaif kishining ma’naviyati ham majruh
bo'ladi. Natijada, jismonan majruh, ma’naviy
qashshoq kishilar
soni yUdan-yilga ortib boraverdi.
S hunday
qilib,
inson
u ch ta
qudrat:
tan a -ru h iy a t-
ma’naviyatning yig‘indisidir. Insonning biologik holati deganda,
uning tanasida, ya’ni jismida sodir bo'ladigan morfofiziologik,
genetik, nerv-miyasida ro‘y bergan va berayotgan elektroximik
o‘zgarishlar,
uning yoshi, irqi, jinsini ifodalovchi alomatlari
tushuniladi. Insonning ruhiy, ya’ni psixologik holati haqida fikr-
mulohaza yuritganda, uning his-tuyg‘ulari,
kayfiyati, irodasi,
temperamenti tushuniladi. Insonning m a’naviyati — jamiyatda
mavjud bo'lgan obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillar,
ayniqsa, barcha ijtimoiy institutlar amalga oshirgan tarbiyaviy-
mafkuraviy ta ’sir natijasida shakllangan fazilatlar,
xislatlar,
qobiliyatlar, malakalar yig‘indisidir. M a’naviyat insonning ijti
moiy qiyofasini vujudga keltiruvchi generator vazifasini bajaradi.
M a’naviyatning shakllanishida inson tafakkuri, xotirasi, tasawu-
ri, diqqati, irodasi ishtirok etadi. Bisotida majud bo‘lgan butun
bilimi,
tajribasi, iste’dodi namoyon bo'ladi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalar inson murakkab, bir butun bio-
sotsial uyushma ekanligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: