O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Толстой Л. П олное собрание сочинений. Том 26. М ., 1936, 239-бет



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə294/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Толстой Л. П олное собрание сочинений. Том 26. М ., 1936, 239-бет.
392


qanday pastkashliklami amalga oshirishdan qaytmayotganliklari, 
og‘ir jinoyatlar yo'liga kirib borayotganliklari flkrimizning isbo- 
tidir. Xuddi shuning uchun ham insonparvar, demokratik jami­
yat qurish uchun ommaviy harakat avj olib ketgan bir paytda, 
mamlakatimizda jinoyatchilikka, ayniqsa, uyushgan jinoyatchi- 
likka qarshi kurashning boshlanib ketishi, inson tabiatidagi hay- 
voniy fazilatlar qoldig‘iga qarshi kurash alomatidir.
Shunday qilib, inson hayotining mazmuni va ma’nosi, uning 
o‘lishi yoki o‘lmasligi muammosi, hamisha falsafaning turh oqim- 
lari va maktablarining diqqat markazida bo‘ldi. Ilmiy-texnika yu- 
tuqlari inson turmush tarzining barcha jabhalariga jadallik bilan 
kirib borayotgan hozirga zamonda gerontologiya1 fanining 
m a’lumotlariga tayanib aytish mumkinki, bugun inson hayotini 
serm azm un qilish, um rini uzaytirish borasidagi radikal 
o'zgarishlar sodir bo'layotir, odamlar ongi har kuni, har 
soatda yangi-yangi ma’lumotlar bilan boyib bormoqda.
Insonning insoniy fazilatlari va xislatlari, u yashayotgan jami­
yat a ’zolarining, butun insoniyatning orzu-umidlari, his-tuyg‘ulari 
bilan bevosita bog'liq bo'ladi. Ijtimoiy muhit o'zgarishi bilan 
insdn orzu-umidlari, istaklari ham o'zgaradi. Xuddi shu o'zgarish 
inson hayoti mazmunining asosini tashkil etadi. Shunday ekan
inson qancha yashashi kerak? Qanday yashashi lozim? Nima 
uchun yashashi darkor? Ushbu savollarga ham insoniyat hami­
sha javob qidiradi.
Tarixiy taraqqiyot tajribasi, insonning qancha yashashi, nima 
uchun yashashi, uning tabiatida insonparvarlik g‘oyalarining 
mavjudligi, milliy va umummilliy (umuminsoniy) qadriyatlarga 
amal qilish qobiliyatlari, malakalarining shakllanganligi bilan 
bog‘liq ekanligidan dalolat beradi. Inson tabiatiga xos ushbu 
fazilatlar u yashayotgan ijtimoiy muhitda mavjud bo‘lgan shart- 
sharoitlarga bog'liq. Lekin inson tabiati, ayniqsa, uning ma’naviy 
qiyofasi, biologik, fiziologik, undagi optimistik, realistik kayfi- 
yatlar bilan bog‘liq. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, insonning

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin