tergilab yashashga asoslangan faoliyatdan — ishlab chiqarishga,
yaratuvchanlikka asoslangan (dehqonchilik, chorvachilik, kosib-
chilik va boshqalar) turmush tarziga o‘ta boshladi. Xuddi shu
holat, odam ij'timoiy tarixiy mavjudot bo‘lib shakllanayotganli-
gidan, odam o‘zida insonga xos ijtimoiy fazilatlami mujassam-
lashtirayotganligidan dalolat berardi.
Yuqoridagi flkr-mulohazalarimizdan shunday xulosaga kelish
mumkinki, inson o‘zining ijtimoiy-tarixiy mavjudot ekanligi bi
lan olamda mavjud bo'lgan boshqa tirik mavjudotlardan prin-
sipial farq qiladi. Undagi barcha fazilatlar, xislatlar — tarixiy
taraqqiyot tufayli vujudga keldi. Shuning uchun ham inson —
tarixiy taraqqiyotning ham natijasidir. Insondagi barcha ehtiyoj-
lar mehnat tufayli hosil bo‘ldi. 0 ‘z navbatida ushbu ehtiyojlar,
istaklar — mehnat tufayli qondirildi. Mehnat inson ehtiyojlarini
qondirish bilan cheklanib qolmay, balki uni madaniylashtirdi.
Inson ehtiyojlarini qondirish malakasi sivilizatsiyaning eng muhim
elementiga aylandi.
Xullas, inson deb ataluvchi tirik mavjudot:
— moddiy va ma’naviy boylik yaratish uchun zarur bo‘lgan
mehnat qurollarini ishlab chiqaradi;
— yaxshi va yomon, uvol va savobning farqiga boradigan ax-
loqiy normalarga ega bo‘ladi;
— tarixiy taraq q iy o tn i harakatga keltiruvchi hissiy va
aqliy qobiliyatlarga, m oddiy va m a’naviy ehtiyojlarga ega
b o ‘ladi;
— jamiyatdan tashqarida mavjud bo‘la olmaydi, shakllanmay-
di, rivojlanmaydi;
— undagi individual xislatlar, fazilatlar mavjud ijtimoiy mu
nosabatlaming hosflasidir va o‘sha ijtimpiy munosabatlaming tari
xiy tipiga mansubdir;
— uning kundalik amaliy faoliyati ma’lum maqsadga qaratila-
di, aniq dastur asosida amalga oshiriladi, ongli — erkin xususi-
yatga ega bo‘ladi.
Ushbu xususiyatlar olamda mavjud bo‘lgan boshqa tirik mavju-
dotlardan insonning farq qiluvchi sifatiy xarakteristikalari hisobla-
nadi. 0 ‘z navbatida, xuddi shu holat inson ham tabiiy, ham
ijtimoiy mavjudot ekanligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: