dir bir lahzasi emas, balki uning ma’naviy olamiga ta ’sir
o‘tkazuvchi barcha subyektiv omillaming ham natijasidir.
XX asrning inson falsafasi — ekzistensializm tarixiy taraq-
qiyot negizida vujudga keldi va inson borlig‘ining barcha jabha-
larini o‘zida qamrab oldi. 0 ‘z navbatida, ekzistensializm XX
asrning ijtimoiy inqirozi zamonida shakllandi va rivojlandi. In
sonning eng og‘ir damlardagi holati, ichki kechinmalarini
o‘rgandi. Bunday og‘ir, murakkab vaziyatdan chiqish muam-
molarini har tomonlama tahlil etgani uchun ekzistensializm
falsafasiga Yevropada ba’zi birovlar «inqiroz falsafasi», degan
yorliq ham osdilar. Shunday bo'lishiga qaramasdan, ekzistensia-
list faylasuflar inqirozga yuz tutgan siyosiy tuzumlar, ijtimoiy-
iqtisodiy doktrinalar, madaniy-ma’naviy an’analar markazida
turgan inson haqida o‘ylay boshladilar. Inson haq-huquqlari,
baxt-saodati, shaxs erkinligini himoya qila boshladilar.
Ekzistensializm falsafasi inson o'zining olijanob gumanistik
maqsadlariga erishmog'i uchun, eng awalo, mutlaqo erkin
bo‘lmog‘i zarur, deb tushuntirdi1. Erkinlik — bu onglilikdir. Inson
erki o‘z qo'lida bo‘lsa, o'zining hayotdagi ma’naviy-axloqiy po-
zitsiyasini o‘zi tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kundalik amaliy
faoliyatini xuddi shu pozitsiyadan turib boshqaradi. Inson tur-
mush tarzida erkinlik barqaror bo'lgandagina ular o'zlarining
amaliy faoliyatlarini tashqi muhit ta ’sirida emas, balki ichki
ta ’sirlanish, ichki uyg‘onish ta’sirida umuminsoniy manfaatlar
tomon boshqaradilar.
Dostları ilə paylaş: