O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Wilson C. Reliqion and the Rebell. Boston, 1957



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə278/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Wilson C. Reliqion and the Rebell. Boston, 1957.
2 Wilson C. R eliqion and the Rebell. Boston, 1957, p. 117.
370


yaratilgan fenomenologik uslubni qayta ko‘rib chiqqanligidir. 
K.Uilsonning e’tirof etishicha, inson ongi intensionallashuv 
jarayonini o‘rganganda his-tuyg‘ulami ijobiy va salbiy holatlarga, 
jonli va jonsiz obyektlarga bo‘lib o‘rganish zarur. Ana o‘shanda 
inson ongining strukturasi to ‘g‘risida aniq ma’lumotga ega 
bo‘lamiz, deb tushuntiradi1.
Angliyalik mashhur yozuvchi Ayris Merdok vatandoshi 
K.Uilson fikr-mulohazalariga asoslanib, odamlarni ma’naviy in- 
qirozdan olib chiqishga harakat qiladi. J.P.Sartming ashaddiy mux- 
lisi bo'lgan A.Merdok o'zining ekzistensialistik qarashlarini 1953- 
yilda yozgan «Sartr romantik ratsionalist» kitobida bayon qiladi. 
Uning fikriga ko'ra, haqiqiy ekzistensiyani reallikdan izlamaslik 
darkor. Haqiqatni inson muhabbatidan izlash lozim. Inson nima- 
ni yaxshi ko‘rgan bo'lsa, nimaga mehr qo'ygan bo‘lsa, haqiqat­
ni o‘sha yerdan qidirish kerak. Chunki har bir insonning olamga 
bo'lgan mehr-muhabbati o‘zgacha bo'ladi. Inson o'zida mavjud 
bo‘lgan xudbinlikdan voz kechgan taqdirdagina chinakam baxtga 
erishishi mumkin2.
Ekzistensializm falsafasida olg‘a surilgan eng muhim konsep- 
tual g ‘oyalandan yana biri
— hayot va mamot g'oyasidir. Xusu- 
san, Alber Kamyu o'zining «Sizif haqida afsona» asarida inson­
ning o'zini o‘zi o'ldirishi muammosini tahlil qilish — falsafa­
ning asosiy tadqiqot obyektlaridan biri bo‘lmog‘i lozim, deb 
qaraydi. Zamonasining turli dahshat, vahimalaridan tushkunlikka 
tushib, shoshib, gangib qolgan inson hayotini saqlab qolishni 
Alber Kamyu o‘zining fnsoniy burchi, deb hisoblaydi.
O'zining joniga qasd qilishga ahd-u paymon qilib turgan kishiga 
falsafa yordam qilishi mumkinmi? A.Kamyuning ta’kidlashicha, 
falsafa o‘lim oldidan talvasaga tushib qolgan kishiga «hayot 
go'zaldir», degan optimistik aqidalami takrorlab turishi bilan 
yordam bera olmaydi. Tushkunlikdan rangi bo‘zday oqarib, qal- 
tirab turgan kishi bunga ishonmaydi. Inson eng ajoyib zamon4a 
yashamoqda deb uqdirayotgan falsafiy konsepsiyalar o‘lim ara- 
fasida turgan kishi uchun bema’ni, axloqsiz, quruq bir narsaga 
aylanib qoladi. .
Tog‘dan tushib ketishi muqarrarligini bila turib, tosh yu­
malatib chiqayotgan Sizifning harakatlari kabi, o‘lim arafasida

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin