O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Камю А. Избранное. М ., 1990, 18-bet



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə274/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Камю А. Избранное. М ., 1990, 18-bet.
2 0 ‘sha joyda.
360


moiy fikrlash taraqqiyotiga sezilarli ta’sir o'tkazdi. Aniqroq qilib 
aytganimizda, ekzistentsializm falsafasidagi fikr-mulohazalar ba’zi 
mamlakatlarning ommaviy-ijtimoiy harakatlar dasturlaridan mu- 
nosib o‘rin oldi. Shu g'oyalar ta’siri ostida jahonning bir qator 
mamlakatlarida inson huquqlarini himoya qilish, qurollanish poy- 
gasiga chek qo‘yish, jahonni termoyadro umshlari halokatidan saqlab 
qolish, ekologik, eneigetik, demografik fojialaming sodir bo‘lishiga 
yo‘l qo'ymaslik kabi umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan dastur- 
lar ishlab chiqildi.
Xo‘sh, ekzistensializm falsafasi olg'a surgan asosiy konsep- 
tual g‘oyaIar nimalardan iborat? Ulardan biri — inson borlig‘ini 
o'rganish orqali olam borlig‘ini bilish g‘oyasidir. Boshqacha ayt­
ganimizda, ekzistensializm falsafasi olamning haqiqiy manzara- 
sini bilmoq uchun, eng awalo, inson borlig‘ini bilmoq darkor, 
degan g‘oyani olg‘a suradi. Bunday g‘oyani birinchilardan bo‘lib 
nemis ekzistensializmining asoschisi Martin Xaydegger «Borliq 
va zamon» (1927-y.) asarida olg‘a surgan edi.
Martin Xaydeggeming tushuntirishicha, ekzistensialistik on- 
tologiyaning birinchi asosi — inson borlig‘idir. Borliqning, in­
son shaklining o ‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u nafaqat 
borliqning boshqa ko'rinishlarini, balki o‘zini o‘zi bilishga ham 
qodir. Shuningdek, 
inson
borliqning boshqa shakllari bilan turli 
munosabatlar o'rnatish xususiyatiga ega. Shuning uchun bunday 
borliq, ya’ni ekzistensiya ontologiyaning funda
m enti
bo'lmog'i 
darkor.
Inson borlig‘ini bunday tahlil qilish, turgan gapki, ma’lum 
asosga ega bo‘ladi. Chunonchi, olamda mavjud bo‘lgan tirik mavju- 
dotlaming birontasi fikrlash madaniyatiga ega emas, yoki ular­
dan birontasi olam to ‘g‘risida u yoki bu fikrni bayon qila ol- 
maydi. Insondan boshqa tirik mavjudot olamda o‘zi egallab tur­
gan o ‘rni haqida aniq tasawurga ega emas.
Martin Xaydeggeming borliq to ‘g‘risidagi ekzistensialistik 
ta ’limotiga asoslanib Karl Yaspers yangi variantdagi ontologik 
ta ’limot yaratdi. Nemis ekzistensialistlari M.Xaydegger va K. 
Yasperslaming inson borlig'i to‘g‘risidagi qarashlarini fransuz 
faylasufi J.P.Sartr o‘zining «Borliq va hech nima» asarida yangi 
dalillar bilan boyitdi. Lekin inson ekzistensiyasi haqida Sartr va 
Xaydegger qarashlari o‘rtasida ayrim tafovutlar ham bor edi. 
Xususan, Sartr inson borlig'i haqida fikr yuritganda asosiy
361


e’tiborni individual tanlovga, kishi mas’uliyatiga, har bir shaxs- 
ning o‘ziga xos «Men»ini topishga harakat qildi. Shuningdek, 
Sartr inson ekzistensiyasi haqida gapirganda, inson borlig‘i 
borliqning boshqa shakllari bilan aloqador ekanligini hamisha 
nazarda tutadi. Xaydegger esa butun e’tibori bilan inson borlig'ini 
o‘rganish orqali olam borlig'ining mohiyatini ochib berishga 
urinadi.
M.Xaydegger, J.P.Sartrlarning fikriga ko‘ra, inson ekzisten- 
siyasining mohiyatini bilish yordamida uning nimalarga qodir 
ekanligini bilib olish mumkin. Xuddi shu vosita yordamida in- 
soniyatni boshi uzra xavf solib turgan turli dahshatlardan, ay- 
niqsa, o‘z «borlig'ini unutish» fojiasidan eson-omon saqlab qolish 
mumkin. 0 ‘z borlig‘ini unutgan kimsalar tabiat boyliklaridan 
foydalana turib, inson va tabiat bir butun, yaxlit ekanligini 
unutib qo‘ydilar. Boshqa birovlar esa inson borlig‘i — eng oliy 
darajadagi umuminsoniy qadriyat ekanligini unutib, undan faqat 
vosita, omil sifatida foydalanishga urinadilar.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, inson 
borlig‘ining mohiyatini bilish hoziigi zamon insonshunosligining 
eng dolzarb muammolaridan biridir. Ayniqsa, ilmiy-texnika taraq- 
qiyoti jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda insonning tashvish- 
lari va quvonchlari haqida, erishilgan sivilizatsiya natijalarini saqlab 
qolish, atrof-muhit musafFoligini ta’minlash kabi masalalar inson 
borlig‘ida vujudga kelgan muammolar ko‘p ekanligidan dalolat 
beradi.
Zero, ekzistensialistlar ta ’kidlashganidek, falsafa o‘zining bu­
tun e’tiborini inson borlig‘ini har tomonlama o‘rganishga qarat- 
gandagina, xususan, olamni o ‘rganishni insonni o‘rganishdan 
boshlagandagina chinakam hayotiy realizm yo‘lidan boradi, chi- 
nakam gumanizm pozitsiyasida turadi.
Inson o‘z borlig‘ini bilishdan olam borlig‘ini bilish tomon 
bora turib, olamga yangicha mazmun ato qiladi. Olam bilan biiga 
qo'shilib harakat qiladi. EkzistensiaUzm tarafdorlkri klassik falsafa 
tomonidan «insonga xos emas» deb hisoblangan borliqning bar- 
cha ko'rinishlarini hozirgi zamon falsafasi insonparvarlashtirmog‘i 
darkor, deb tushuntiradi.
XX asr ekzistensializmi inson borlig‘ining o‘ziga xos xususi- 
yatlarini tushuntirib berishga harakat qildi. Jumladan, Sartr 
o ‘zining «Ekzistensializm — bu gumanizm» asarida ta’kidlashicha,
362


insonning boshqa tirik mavjudotlardan farqi shundaki, u ish 
qilmoqchi, xususan, bironta asbob yasamoqchi bo‘Isa, unga 
qilmoqchi bo‘lgan yumushini, yasamoqchi bo‘lgan asbobni oldin- 
dan tasaw ur qiladi, ya’ni tasawuridan o ‘sha asbobni keltirib 
chiqaradi. Shuning uchun ham, bu yerda mohiyat — asbob yoki 
narsaning mavjud bo'lishi uchun o'tmish vazifasini bajaradi. 
Insonning o‘zida esa ushbu jarayon mutlaqo boshqacha kechadi. 
Chunonchi, inson bolasi tug‘ilibdi, demak, u mavjud. Lekin 
o'sha tirik mavjudot inson darajasiga ko'tarilishi uchun insonga 
xos insoniylikning mohiyatini o‘zida mujassamlashtirmog‘i darkor. 
Bu yerda mavjudlik mohiyat uchun o‘tmish vazifasini bajaradi.
Ekzistensializm falsafasining tushuntirishicha, insonning o‘ziga 
xos xususiyatlaridan biri, u o'zini o ‘zi yasaydi, mavjud bo‘la 
turib, o‘z mohiyatini bunyod etadi. Ekzistensializmning birinchi 
qoidasi shundan iborat. Shu qoidadan, inson tabiati u yaral- 
gunga qadar mavjud bo'lmaydi va individning o‘zidan boshqa 
hech qanday tashqi kuch uni insonga aylantirish qudratiga ega 
emas, kabi xulosalar kelib chiqadi. Mabodo, individ inson 
darajasiga ko‘tarilganda uning ongi va faoliyatida jiddiy nuqsonlar 
mavjud ekan, buning uchun, eng awalo, o‘sha kishining o‘zi 
aybdor. Bunday g‘oyani olg‘a surish bilan ekzistensial falsafa 
insonning shakllanishida uning o‘zi mas’ul ekanligiga e’tibomi 
qaratadi. Insonning boshiga qanday balo-qazo yog‘ilsa, buning 
uchun, eng awalo, uning o‘zi aybdor ekanligini ta’kidlaydi.
Inson borlig‘ining eng muhim xususiyatlaridan biri — u o‘zida 
mavjud bo‘lgan fikrlash qobiliyati, xatti-harakati, his-tuygcularini 
tekshirib ko‘ra oladi. Hatto, nafaqat borliqni qanday bo‘lsa shun- 
dayligicha gavdalantirish malakasiga, balki o'sha tasawumi turli 
savol-javoblar yordamida tekshirib ko‘rish qobiliyatiga ham ega 
bo'ladi. Chunki inson kundalik faoliyatida nafaqat olam to‘g‘risida, 
balki o‘zi to‘g‘risida ham yangi-yangi ma’lumotlami to‘plab bo- 
radi.
Inson o‘z navbatida, xuddi risolalarda orzu qilinganidek, 
ya’ni «loyiha»dagidek yashashga intiladi. Lekin ushbu «loyiha» 
amalga oshishi ham, oshmasligi ham mumkin. Chunki individda 
insoniylikning shakllanish jarayoni turli-tuman ziddiyatlar bilan 
to ‘la bo‘ladi. Ushbu jarayon insonning butun umri davomida 
davom etadi. Sartming tushuntirishicha, insonning individual 
«loyiha»sida mavjud bo‘lmagan fazilatlar uning kundalik amaliy
363


faoliyatida ham namoyon bo'lmaydi. Xususan, inson umrida bi- 
ron kishini yaxshi ko'rm agan b o ‘lsa, biron kishi bilan 
do‘stlashishga moyilligi, intilishi bo'lmasa, demak, uning indi­
vidual «loyiha»sida bunday tuyg‘ular yo‘q va bo'lgan emas.
Ekzistensial falsafaga ko‘ra insonning ma’naviy olamidagi eng 
asosiy tuyg'u — erkinlikdir. Bunday tuyg‘u har bir individda 
mavjud bo'ladi. Lekin ushbu tuyg‘uning inson uchun qanchalik 
kafolatlanganligini hisoblab chiqish amri-mahol. Inson — erkin, 
uning o‘zi — erkinlik, deb ta’kidlagan edi Sartr. Individning 
erkin bo'lishi, unga bo'lgan e’tiborning ortib borishi, o‘z nav- 
batida, uning kulfatidir. Shuning uchun shaxs muammosi — 
inson shaxsiy xarakteristikasi, individual xususiyatlarini tahlil 
qilish — XX asr ekzistensializmining eng sevimli mavzularidan 
biridir. Ushbu mavzuga o‘z muxlislarining e’tiborini yanada oshir- 
moq uchun ekzistensialistlar turli badiiy lavhalar, obrazlar, 
to ‘qimalar, adabiy asarlar kolliziyalarida, falsafiy asarlardagi 
abstrakt kontekstlarda hayotni har tomonlama tahlil qiladilar.
Ekzistensializm falsafasi inson faoliyatida ratsional momentning 
ahamiyati beqiyos ekanligiga diqqatni qaratdi. Xususan, inson 
faoliyatida turli konfliktlar sodir bo'lganda aql-zakovat hukmiga 
quloq solish, aql kuchi bilan har qanday murakkab vaziyatdan 
chiqish uchun yechim topish — inson amaliy faoliyatining 
muhim sharti ekanligini ta’kidladi. Ekzistensializm falsafasi namo- 
yandalarining aytishicha, bu yerda gap «hamma narsani biladi- 
gan» olim haqida borayotgani yo‘q, balki oddiy kishilar haqida 
borayotir. Xuddi o‘sha oddiy insonlarning «hushyor hisob-kito- 
blari» har qanday og‘ir vaziyatda ham insonni balo-qazolardan, 
turli fojia va dahshatlardan eson-omon saqlab qoladi. Eng og‘ir 
damlarda ham o‘zi bilan o‘zi maslahatlashishga imkon yaratadi, 
tavakkal qilib ish yuritishga yo‘l bermaydi. Ya’ni o‘z ekzisten- 
siyasini topgan kishi konfliktga, dahshatga qarshilik ko‘rsatish, 
uni matonat bilan yengishga jasorat, kuch-quwat topadi.
Fransuz ekzistensialistlari ikkinchi jahon urushi yillarida vu­
judga kelgan «Qarshilik ko‘rsatish» antifashistik harakatida ishtirok 
etgan matonatli faoliyatni xuddi shunday fikr-mulohazalar qarichi 
bilan tahlil qildilar. «Qarshilik ko'rsatish» harakati qatnashchilari 
butun Yevropa fashizm dahshatlari alangasi ichida qolgan bir 
paytda o‘zlari bilan o'zlari maslahatlashdilar, o‘z qalblari sadosiga 
o‘zlari quloq soldilar. Insoniyat boshiga ko‘z ko‘rib, quloq eshit-
364


magan dahshat, qo'rquv olib kelgan fashizmdek baloga qarshi 
mardonavor kurash olib bordilar. «Qarshilik ko‘rsatish» harakati- 
ning ishtirokchilari fashizmdek dahshatga bir o‘zlarining kuch- 
lari yetmasligini bilar edilar. Lekin fashizmga qarshi turgan an- 
tifashistik harakatning ertami-kechmi butun dunyoga yoyilishiga 
qattiq ishonar va g‘alabani ham katta umid bilan kutar edilar. 
Shunday qilib, inson har qanday murakkab vaziyatda ham o‘z 
erki, o‘zining o‘zligi, «Men»i (o£z ekzistensiyasi) uchun kura- 
shish imkoniyatiga ega bo'ladi.
XX asr ekzistensializmi olg‘a surgan eng muhim konseptual 
g'oyalardan yana biri — inson olamdagi tirik mavjudotlar ichida 
o ‘ta noyob ekanligi haqidagi g‘oyadir.
Ekzistensializm falsafasi insonning o‘ta noyob mavjudot ekan- 
ligini isbotlovchi bir qator yangi ontologik dalillar keltiradi. 
Chunonchi, inson hamisha o‘zidan boshqalarga o‘xshamaydigan 
qiliqlarni, holatlarni qidiradi, boshqalarga o'xshamaydigan 
«Men»ini topishga intiladi. Klassik falsafa ham har bir kishining 
o ‘ziga xos individual qiyofasini aniqlashga uringan edi. Lekin 
klassik falsafa XX asr ekzistensialistlari tushuntirganidek, o‘sha 
«Men»ning haqiqiy qiyofasini «Men» bo'lmagan narsalar orqali 
aniqlashga harakat qildi. Ayniqsa, «Men»ning mohiyatini inson- 
dan tashqarida unga qarshi turgan «Men emas»dan izladi. «Men 
emas» insonga xos bolm agan qiliqlar, odatlar, inson borlig'iga 
dushman bo‘lgan begonalashuvning ramzi edi. Alber Kamyu 
«Men emas»ni mustahkam, befarq, xavfli devorga o‘xshatdi. 
Chunki «Men»da «Men emas»dan qo£rquv yashaydi. Shunday 
bo£lishiga qaram asdan, inson yashashi uchun o £zini o £zi 
yaratmog£i darkor. Ekzistensial falsafaning individga mo‘ljallangan 
dasturi asosida «Men emas»da (ya’ni insondan tashqarida) bo‘lgan 
o £zgarishlardan qo‘rqish, o‘z navbatida, unga qarshi kurashish 
lozimligi haqidagi fikr yotadi.
Odamni «Men»ga dushman bo£lgan reallik sifatida talqin qi­
lish XX asr ekzistensialistlari asarlaridan keng o£rin oldi. Xu- 
susan, M.Xaydegger inson borlig‘ini — borliqning boshqa shak- 
llari bilan birga mavjud bo£lishini tahlil qilish uchun «ekzisten­
sial» tushunchasidan foydalanish lozim, deb hisoblaydi va ne- 
mischa «Man» (noaniq shaklning almashishi) so‘zi bilan ifoda- 
laydi. Ushbu «Man»ni «yaqinlashtirish», «tenglashtirish» tushun- 
chalari yordamida tushuntirib beradi. Shunday ma’noda ekzisten-
365


sial falsafa hanuzgacha standartlash tendensiyasining dushmani 
bo‘lib qolmoqda. Bunday tendensiya XX asrda ommaviy tus oldi 
hamda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishning turli sohalarida 
namoyon bo‘ldi.
Sobiq Ittifoq olimlarining asarlarida «Man» — kapitalistik tur- 
mush tarziga xos tushuncha, deb qoralandi. Xaydegger esa ushbu 
tushunchaga abstrakt tarixiy taraqqiyotdan tashqarida tuigan ma’no 
baxsh etdi, deb tanqid qilindi. Xaydegger o'zining ekzistensia­
listik prinsiplarini oqlash maqsadida bunday usuldan foydalangan 
edi. Chunki inson borlig‘ining o'ziga xos xususiyatlaridan biri bir- 
biriga yaqinlashish, tenglashish zaruriyatining mavjud bo‘lishidir. 
Xaydegger xuddi o ‘sha «Man» tushunchasi yordamida inson 
borlig‘idagi mavjud ziddiyatlarni tahlil qilishga urinadi.
Martin Xaydeggeming ta’kidlashicha, inson o‘z borlig'idagi 
ziddiyatli tomonlami birdaniga ilg'ab olavermaydi. Chunki inson 
biri ikkinchisidan o‘i]ganadi, biri ikkinchisiga o‘rgatadi. Ana shun- 
day o‘zaro muloqotlar jarayonida har bir kishi o‘z «Men»ini 
bilib oladi va uni takomillashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bir 
ibora bilan aytganda, inson o'zgalar bilan aloqada bo‘lish jara­
yonida nafaqat umumiylik tomon yaqinlashadi, balki o‘z shaxsi, 
o‘z borlig‘ining individual, takrorlanmas xususiyatlarini aniqlab 
va mustahkamlab boradi.
Ekzistensializm falsafasi insonning kundalik hayoti, turmush 
tarzi o‘ta murakkab jarayon ekanligiga e’tiborini qaratadi va undagi 
umumiylikni aniqlashga harakat qiladi. Ya’ni ushbu jarayonni 
o'rganish «o‘rtachalik» yoki «shaxsiy noaniqlik» degani emas. 
Kishilaming umumiy boyligiga nafaqat standartlar, stereotiplar, 
shablonlar, balki «o‘rtachalik»dan yuqori turuvchi holatlar — 
originallik, ijodiylik, noyoblik ham kiradi. Odamlaming kundalik 
aloqalarini «o'rtachalik» nuqtayi nazaridan tahlil qilish yoki 
ushbu aloqalami o‘rta hoi deb hisoblash — insonning o'zaro 
munosabatlarini soddalashtirishdan boshqa narsa emas.
XX asr faylasuflari «o‘rtachalik», «ommaviyiik»ning shablon 
va standartlari kundalik turmushda hukmron bo'lib olganligini 
chuqur his eta boshladilar. Turmushning barcha jabhalarining 
«ommaviylashuvi»dan xavfsiragan ayrim faylasuflar F.Nitsshe kabi 
elitar ideallami himoya qila boshladilar. Ayrim faylasuflar esa 
turmush va madaniyat «ommaviylashuvi»ni unda mavjud bo‘lgan 
real ziddiyatlar orqali tahlil qilmoqchi bo‘ldilar.
366


Antiklassik va noklassik falsafaning XIX asr oxiri XX asr 
boshlaridagi namoyandalari ham, XX asrning o‘rtalarida ijod 
qilgan faylasuflar ham olg‘a surgan g'oyalar markazida inson­
ning begonalashuvi muammosini tahlil qilish yotadi.
M a’lumki, XIX asrda jahonning bir qator mamlakatlarida 
ijtimoiy inqiroz tufayli odamlar jamiyatdan, hatto kishilar o‘zlari 
o ‘zlaridan begonalasha boshladilar. S. Kyerkegor aytganidek, ka- 
pitalistik jamiyat shaxs bilan jamiyat o'rtasidagi ziddiyatlarni 
bartaraf eta olmadi. Aksincha, bu ziddiyat keskinlashib, shaxs 
nivelirovkasi jarayoni kuchayib ketdi. Oqibatda, shaxs tuban- 
lashdi va xudbinlashdi.
Insonning jamiyatdan begonalashuvi jarayonini K. Marks ham 
har tom onlam a o'rgangan edi. Afsuski, ekzistensialistlar 
o'zlarining begonalashuv jarayonini o‘rganishga bag‘ishlangan 
tadqiqotlarida K. Marks fikr-mulohazalarini chetlab o‘tdilar.
K. Marks o‘zi yaratgan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya nazariya- 
siga tayanib, XIX asr kapitalizm sharoitida insonning jamiyat- 
dan begonalashuvi jarayonini tahlil qildi. U begonalashuv jara- 
yonini ko'proq ijtimoiy munosabatlaming iqtisodiy negizi aso- 
sida tadqiq etdi. Ekzistensialistlar esa K.Marksdan farqli oiaroq, 
insonning jamiyatdan begonalashuv jarayonini o‘rganganda na- 
faqat kapitalizm, balki turli ijtimoiy tuzumlar sharoitida shaxs 
bilan jamiyat orasidagi ziddiyatlarni ham hisobga oldilar. Ayniq- 
sa, inson aql-farosati, kayfiyati, ma’naviyatidagi begonalashuv 
va uni vujudga keltirgan tabiiy-ijtimoiy ildizlarni aniqlash zarur 
ekanligini ta’kidladilar. Ekzistensialist faylasuflarining fikriga ko‘ra, 
XX asr sharoitida insonning jamiyatdan begonalashuvi ortib 
borayotganligining asosiy sababi — dahshat, vahima, qo‘rquvdir. 
Bu tuyg‘ulamng ortib borishi XX asr kishisi turmush tarzining 
eng muhim xususiyatlaridan biridir1.
Qo‘rquv, dahshat, vahima insoniyat boshiga qora quzg'undek 
yopirilib kelayotgan bir paytda, ekzistensialistlar fikriga ko‘ra, 
falsafaning ma’nosi va mazmuni nafaqat begonalashuv jarayoni­
ni o‘rganishdan, uni ma’qullashdan iborat bo‘lib qolmog‘i, balki 
qo‘rquv, dahshat, vahimadan aqldan ozayotgan insonga yordam 
qo‘lini cho‘zmog‘i darkor.
Ekzistensializm falsafasining tushuntirishicha, hozirgi zamon

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin