olamondan ajralib chiqishi lozim. Inson o‘zini o‘zi
anglay bosh-
lashi bilan begonalashuv uning orqasidan ergashib boradi1.
U.Kaufmanning tushuntirishicha, begonalashuvning sodir
bo'lishini
Yevklid va Sofokl, Dante va Gyote asarlarida aniq
ko‘rish mumkin. Ayniqsa, «Shoh Edip» — begonalashuvning
yaqqol namoyon bo'lishidir. Ushbu asar o‘z
zamondoshlarini
hayratga solishining asosiy sababi — unda inson ma’naviyati
muammolari chuqur tahlil qilingan edi. Inson deb nomlangan
mavjudot naqadar cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligiga qaramas-
dan
tabiatdan, jamiyatdan, hatto o‘zidan o‘zi begonalashib bor-
ganligi tasvirlangan.
Kaufmanning
fikriga asosan, hozirgi zamonda begonalashuv
ning vujudga kelishida ikki muhim sabab bor. Birinchi sabab —
demografik portlash bo‘lsa, ikkinchi sabab — fuqarolar ma’lumot
darajasining uzluksiz oshib borayotganligidir. Shuning uchun uning
fikriga ko‘ra, inson begonalashuvining turli ko'rinishlariga qarshi
kurash
bugunning eng muhim, dolzarb vazifalaridan biridir.
Begonalashuvning oldini olmoq uchun Kaufmanning tushunti
rishicha, ta ’lim tizimida tub sifatiy o'zgarishlar yasamoq lozim.
Xususan, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan
talabalami vijdonan halol mehnat qilishga tayyorlash, bo‘sh
vaqtdan unumli, oqilona
foydalanishni tashkil etish, jamiyatda
sodir bo'layotgan begonalashuv jarayoniga to'siq vazifasini ba
jaradi.
Kaufmanning e’tirof etishicha,
begonalashuvning sabablari-
dan yana biri ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi jiddiy nuq-
sonlardir. Demak, begonalashuvning oldini olmoq uchun kishi-
lar tirikchiligining manbai bo‘lgan
ishlab chiqarishni oqilona
tashkil etishga alohida e’tibor bermoq zarur.
Shunday qilib, Uolter Kaufmanning fikriga muvofiq, bego
nalashuv — ertami-kechmi, albatta, sodir bo'lishi zarur bo‘lgan
ijtimoiy voqeadir. Uning vujudga kelishi
bir tomondan texnika
taraqqiyoti, ikkinchi tomondan esa inson faoliyatining xususi-
yati bilan bog‘liq2.
Begonalashuv jarayoni XX asrning mashhur ekzistensialist-
laridan biri, angliyalik Kolin Uilsonning «Begona», «Din va
e’tiroz» (1957-y.), «Mag‘lubiyat asri» (1959-y.), «Tasawurning
Dostları ilə paylaş: