turgan kishi uchun ham olam bema’nilikdir. Chunki inson ha-
yotining bir chekkasida o‘lim fursat kutib, poylab turibdi. 0 ‘lim
arafasida turgan kishi hayotining mazmunini o'rganish XX asr
ekzistensializm falsafasi va adabiyotida katta o‘rinni egallay bosh-
ladi. Afsuski, sho‘ro hokimiyati yillarida markscha-lenincha fal
safa va adabiyot ushbu muammoga kalondimog‘lik bilan yon-
dashdi, bunday muammolar insonning kundalik tashvishlari
doirasiga kiritilmadi.
Yaqin kishisining o'limidan qattiq g‘am, alam chekib, iz-
tirobga tushgan, ayni kuch-quwatga to'lgan paytda o‘lim bilan
ro‘para kelgan har qanday odam bolasi ham chuqur o‘yga toladi.
Xayol uni qop-qorong‘u, oxiri ko'rinmaydigan chuqur jarlik
tomon boshqaradi. Butun hayotining mazmuni quvonch-u shod-
lik bilan limmo-lim to ‘lib turgan inson uchun bunday paytda
hayot birdaniga mazmunsiz, quruq bir bema’nilikka aylanib
qoladi. 0 ‘lim eshik qoqib turganda munosib jon berish, yashab
qolish uchun kichik imkoniyat bo‘lsa, undan ustalik bilan
foydalanish, o‘limga qarshi kurash olib borish, o‘zgalarning
o ‘lim changalidan qutulib qolishiga ko‘maklashish — bularning
hammasi buyuk va har bir kishi uchun bajarilishi zarur bo‘lgan
qoidalardir. Shuning uchun inson hayot-mamoti, hayotining
mazmuni — adabiyot, san’at, falsafaning abadiy mavzusi bo‘lib
qolaveradi.
Biroq klassik falsafada ham, noklassik va antiklassik falsafada
ham o‘lim mavzusining o ‘rni turlicha, ya’ni o‘limga turlicha
baho beriladi, o'lim turlicha sharhlanadi. Xususan, antik falsa
faning buyuk namoyandalaridan biri Epikur «yovuzliklaming
eng dahshatlisi bo'Igan о‘limning bizga umuman aloqasi yo‘q,
negaki biz bor ekanmiz, o ‘lim yo‘q, o ‘lim bor ekan biz
yo'qmiz», — degan edi1. Hozirgi zamon ekzistensializm falsafasi
ham inson hayoti abadiy emasligi va o'limning muqarrarligi
haqida fikr yuritadi. Jumladan, Jan Pol Sartr o‘zining «Borliq
va yo'qlik» asarida ta’kidlaganidek, inson tirikligi, ya’ni hayoti
«o'limga olib boruvchi borliq»dir. Shunday ekan, tiriklik (mavjud-
lik) ham, o ‘lim ham bir xil mavqedagi bema’nilikdir (absurd-
dir). Sartming fikriga asosan, bizning tug'ilishimiz ham, o'lishimiz
ham bema’nilikdan iborat bo‘lib, hayot muttasil bilish va dunyoni
Dostları ilə paylaş: