anglab yetish emas, balki o'limdan betinim qochish, imkoni-
yati boricha undan olisroqqa ketishdan iboratdir. Ma’lum ma’noda
bu mulohazalar to‘g‘ri, hayotiy fikrlardir. Chunki inson tug'ilgan
kunidan e’tiboran o'limga qarab boradi. O'lim istagan paytda
inson hayotini to‘xtatib qo'yishi mumkin.
O'lim nafaqat ijtimoiy patologiya (insonda o‘zini o‘z o‘ldirish
kayfiyatining oshib borishi) sodir bo'lganda, balki sog‘lom
kishining boshiga murosasizlik va adolatsizlik natijasida vujudga
kelgan tushkunlik tufayli ham bo'lishi mumkin. Shunga qara-
masdan, inson borlig‘i to‘g‘risida realistik va gumanistik nuqtayi
nazardan mulohaza yuritar ekanmiz, inson hayotini o ‘lim ara-
fasidagi borliq, degan qoidaning nazariy va amaliy jihatdan
adolatli ekanligiga ishonmaslikka ilojimiz yo‘q. Chunki inson hayoti
hamisha ham qarama-qarshiliklar tufayli olg‘a qarab siljimaydi,
o'limga qarab borish bilan cheklanmaydi, balki inson o‘limga
qarshi borib yashashga intiladi. O'lim haqida esa yaqinlashib
qolganda, sodir bo'lishi aniq bo'lgandagina o‘ylaydi. 0 ‘shanda
ham inson o'limga birdan taslim bo'lmaydi, doimo tirik qolishga
harakat qiladi. Ba’zan esa eng oliy prinsiplar, normalar, istak
yoki umidlar uchun o‘z jonini qurbon qiladi.
Ekzistensial falsafaning
tushuntirishicha, o ‘lim
xavfi tufayli
inson o‘zi bosib o'tgan hayot yo‘lining mazmuni va ma’nosi
haqida o‘ylashga majbur bo‘ladi. Ana shunday kayfiyatni, ya’ni
hayot bilan mamot oralig‘idagi vaziyatni ekzistensialist yo-
zuvchilar chuqur his etdilar. Ular yaratgan adabiy qahramon-
lar xuddi shunday oraliqqa tushib qoldilar. Bunday holatni Sartr
pyesalari, A.Kamyuning «Begona»1, S. de Bavuarning «Eng oson
o ‘lim» qissalari qahramonlari faoliyatida yaqqol
Dostları ilə paylaş: