ning ijtimoiy-siyosiy tashkilotlari bo‘lmog‘i zarur.
Ana shu tashki-
lotlar yordamida aholining katta qismi jamiyatni insonparvar
lashtirish, demokratlashtirish ishlarida ishtirok etishlari lozim,
deb hisoblardilar. M unawar qori rahbarligida tashkil etilgan «It-
tihodi taraqqiy», «Milliy ittihod» va «Milliy istiqlol»
ijtimoiy-
siyosiy tashkilotlarining faoliyati fikrimizning isbotidir. Ushbu
tashkilotlar aslida bir ijtimoiy-siyosiy tashkilot bo‘lib, 1920-
yildan boshlab 1929-yilgacha yashirin faoliyat ko‘rsatadi. Bu
tashkilotlar ta’sirida fuqarolaming milliy ongida uyg'onish yuz
berdi, milliy ozodlik harakati asta-sekin rivojlanib bordi.
Jadidizm namoyandalari jamiyatni insonparvarlashtirish,
demokratlashtirish uchun 0 ‘rta Osiyo
davlatlarida vujudga kelgan
ijtimoiy-iqtisodiy, ayniqsa, madaniy-ma’naviy inqirozning vu
judga kelish sabablarini fuqarolar ongiga singdirishga butun
kuchlarini safarbar etdilar.
Jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri — Abdulla Av
loniy1 0 ‘rta Osiyo xalqlari jahon
sivilizatsiyasi yutuqlaridan, ilmi,
m a’rifatidan, madaniyatidan bebahra qolganini,
xarobaga aylan-
ganligini, xalq o‘ta qashshoqlashib,
qullarcha hayot kechirayot-
ganligini qattiq afsus va alam bilan tasvirladi. XIX asming oxiri
— XX asming boshlarida 0 ‘rta
Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniy-ma’naviy manzarasini o‘z asarlarida yaxlit aks ettiradi2.
Vatanni e’zozlashga, xalqni sevishga,
milliy mustaqillik uchun
kurashga chaqiradi3.
Abdulla Avloniy asarlarining bosh mavzusi insonning o‘zi
buyuk qadriyat ekanligini odamlar ongiga singdirish,
tushunti-
rish, ishontirish edi. Uning fikriga ko‘ra, inson butun borliq
ning ko‘rki va sharafidir. Inson o‘z go'zalligi va murakkabligi
bilan olamdagi barcha maxluqotlardan tubdan farq qiladi. Inson
Dostları ilə paylaş: