O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


M a’rifatparvar qo‘qonlik shoir Ubaydulloh usta Solih o ‘g‘li — Zavqiy (uning



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 M a’rifatparvar qo‘qonlik shoir Ubaydulloh usta Solih o ‘g‘li — Zavqiy (uning
tahallusi) 1853-yiIda tug‘ilgan. Boshlang'ich m a’lum otni mahalla maktabida olgan.
Madrasai Oliy, Madrasai Chilpakda o ‘qigan. Fors, arab tillarini mukammal
o ‘rgangan. M usulmon adabiyoti namoyandalari asarlarini chuqur bilgan. Farg‘ona
vodiysi shaharlarini bir necha bor kezib chiqqan. 1900-yilda Sharq mamlakatlari
bo'ylab sayohatda bo'lgan, xususan, Makka va Madinani ziyorat qilgan. Butun
umrini mahsido‘zlik bilan o ‘tkazgan shoir 1921-yilda vafot etgan.
2 Zavqiy. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1959, 95-bet.
3 Hamza Hakimzoda N iyoziy 1889-yilda Q o‘qonda tug'ilgan. Boshlang‘ich
m a’lum otni Qo'qonda olgan. R us-tuzem maktabi va madrasada o ‘qigan. Sharq
adabiyoti klassiklarining asarlarini chuqur o ‘rgangan. Fors, arab, rus tillarini
mukammal bilgan. 1910— 1914-yiIlarda Toshkent, Q o‘qon, Marg'ilonda maktab
ochib, o'quvchilarga saboq bergan. Maktablar uchun darsliklar, o ‘quv qoMlanmalar
yozgan. Jahon madaniyati yutuqlari bilan yaqindan tanishish, odamlar quvon-
chlari va tashvishlarini o ‘z ko‘zi bilan ko'rish maqsadida Afg'oniston, Hindiston,
Suriya, Turkiya, Arabiston bo'ylab sayohat qilgan. Makkada bo'lgan. Umrining
asosiy qismini ijod bilan o'tkazgan. Yuzlab sh e’rlar, maqolalar, qissalar, drama-
lar, komediyalar yozgan. 1929-yilda fojeali halok b o ‘lgan.
4 Ham za. Mukammal asarlar to ‘plami. T o ‘rt tomlik. Ikkinchi tom. Toshkent,
1981, 33-bet.
313


sonparvar, demokratik jamiyat qurish g‘oyasini targ'ibot va tash- 
viqot qiladi. Fuqarolami jahon madaniyati yutuqlaridan bahra- 
mand bo‘lishga chaqiradi.
Hamza Hakimzoda Niyoziyning e’tirof etishicha, inson man- 
faatlarini ulug'lovchi, fuqaroviy jamiyat qurmoq uchun, eng 
awalo, odamlami milliy mahdudlik balosidan xoli qilmoq darkor. 
Uning ta’kidlashicha, agar biz milliy, ayniqsa, diniy qadriyat- 
larimizga o'ralib yashayversak, ko‘p o‘tmasdan bid’atlar orasida 
yashovchi, faqat ismi bor, jismi yo‘q bir millatga aylanib qolamiz. 
Bunday holatda biz kelajak avlodlarimiz oldida kechirib bo'lmas 
xatoga yo‘l qo‘yamiz. Shuning uchun ham, hozirdan bu dardni 
davolash yo‘llarini izlab topishimiz lozim1, deydi. Ana shunday 
yo‘l fuqarolar ongi va shuurini milliy mahdudlik illatidan xoli 
qilishdir, deb o‘ylaydi. Milliy mahdudlik, milliy biqiqlik illati­
dan millatni xoli qilmoq uchun, fuqarolami jahon sivilizat- 
siyasi, xususan, jahon ilm-fani yutuqlari bilan oshno qilmoq, 
ulami nafaqat milliy, balki umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat 
ruhida tarbiyalamoq zarur, deb hisoblaydi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy chor Rossiyasining Turkistonda 
amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatining g'ayriinsoniy 
mohiyatini ochib tashladi. Chor Rossiyasi chinovniklari va ular- 
ning nog‘orasiga o‘ynayotgan mahalliy amaldorlar, riyokor din- 
dorlarning g'ayriinsoniy xulq-atvori, xatti-harakatini uzluksiz 
masxara qildi. Odamlarga mustamlakachilarga qarshi kurashmoq 
uchun birlashish zarur ekanligini takrorlashdan charchamadi. 
«Birlashsun emdi boshimiz, maslakka qarshi yoshimiz», «Bir- 
lashing Turkiston», «Qo‘l ushlashing, birlashing emdi, Turkis- 
ton», «Haq yo'lida jon bersak, bo'lsak millat qurboni», deb 
xitob qildi.
Hamza 1917-yil fevral voqealariga katta umid bilan qaragan 
edi. Fevral voqealari Turkiston xalqlariga erkinlik, hurriyat ato 
etadi, deb o'ylardi. Shuning uchun ham 1917-yil o'rtalarida 
yozgan «Uyon vatan» she’rida: «Ey Islom eli! Bu kun millatga 
o'lsun ham a himmatimiz! Bitdi istibdod! Yetsun Hurriyat! Bit- 
sun nazorat, qullik asorat!» deb yozgan edi. «Turkiston mux-

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin