Ian teng bilim olishlari lozim, ayollar erkaklar bilan jamoat
joylarida birga bo‘lishi mumkin, degan fikrni olg‘a suradi.
XIX asrning oxiri — XX asr boshlarida 0 ‘rta
osiyolik
ma’rifatparvarlar jamiyat hayotini insonparvarlashtirish uchun uni
demokratlashtirmoq zarur, buning uchun mamlakatda mavjud
bo‘Igan tartib-intizomni tubdan o'zgartirmoq, ijtimoiy adolat
normalariga
amal qilmoq zarur, degan xulosaga keladilar.
Ma’rifatparvar demokrat shoirlar Muqimiy, Zavqiy, Hamza jami-
yatdagi noxush holatlar, odamlar
turmush tarzidagi qoloqlik,
fikrlash madaniyatidagi zaiflik, madaniy-ma’rifiy qashshoqlik sabab-
larini ochib tashladilar. H okim iyatning burnidan narini
ko'rmaydigan, o‘z manfaatini o'ylaydigan,
xalq manfaatidan yi-
roq bir guruh mullalar, eshonlar qo‘lida ekanligini ta’kidlab,
ulaming g‘ayriinsoniy qiliqlarini fosh etdilar. Ayniqsa, Muqimiy1,
chor Rossiyasi Turkiston o‘lkasida amalga oshirayotgan mustam-
lakachilik siyosatini qattiq tanqid qildi. Mustamlakachilik siyosati
tufayli go‘zal Farg‘ona
vodiysi shaharlari, qishloqlari xarobaga
aylanayotganligi, odamlar kundan-kunga kambag‘allashib, nochor
holda yashayotganligi, inson haq-huquqlari toptalayotganligi,
xususan, mustamlakachilar ko‘klarga ko‘tarib maqtagan «demokratik
saylov sistemasi» qalbaki ekanligini fosh etdi.
Chor Rossiyasi va
mahalliy amaldorlaming o'zboshimchaligi va shafqatsizligi, aldam-
chiligi va axloqiy tubanligini masxara qildi. Jamiyat moddiy asosini
yaratuvchi mehnatkashlar och-yalang‘och,
qashshoq yashayotgan
bir sharoitda mahalliy boylar aysh-u ishrat surayotganligi bilan
murosa qila olmadi. Zulm-zo‘rlik va adolatsizlikdan g‘azabga keldi.
Kishilarni mavjud ijtimoiy tuzumning adolatsiz ekanligini anglash-
ga2, bilimga, ilmga, insof-diyonatga,
demokratiyaga asoslangan
insonparvar jamiyat qurishga chaqirdi.
Dostları ilə paylaş: