O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə234/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

3 Ahm ad Donish. Navodirul vaqoe’. Toshkent, 1964, 165-bet.
4 O'sha yerda, 60—61-betlar.
308


Ahmad Donish fikriga ko‘ra, jamiyatni insonparvarlashti- 
rishning eng muhim shartlaridan biri ijtimoiy adolat norama- 
lariga tayanmoq, xususan, odamlar orasida tenglikni barqaror 
qilishdir. Ayniqsa, jamiyatda yaratilgan moddiy va ma’naviy 
boyliklami teng taqsimlamoq zarur. O'shanda odamlar orasidagi 
turli mojarolar, kelishmovchiliklar bartaraf etiladi.
Jamiyat hayotini insonparvarlashtirish uchun qoraqalpoq shoiri 
Berdimurod Berdah1 fikriga ko‘ra, davlat xalqqa, o‘z navbatida, 
odamlar Vataniga, xalqiga xizmat qilishi, o‘z mehnatidan zavq- 
shavq olishi darkor. Inson jamiyatda qadrlanishi, hurmatlanishi, 
buning uchun har bir kishidagi rostgo‘ylik, haqiqatgo'ylik 
e’zozlanishi kerak. Ma’naviy-axloqiy qiyofasida bunday xislatlar 
bo‘lmagan kishini Berdah inson deb hisoblamaydi.
Berdah fikriga ko‘ra, fuqarolar ma’naviy-axloqiy qiyofasidagi 
salbiy illatlar ular yashayotgan zamona, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum 
bilan bog'liq. Ma’naviy-axloqiy yaramas illatlami tugatish uchun, 
eng awalo, ijtimoiy adolatsizlikka barham berish, kishilami ma’rifatli 
qilmoq lozim. Jamiyatda ma’rifath kishilami ko'paytirmoq uchun 
mamlakatni vijdonli, odil, o‘z manfaatidan xalq manfaatini ustun 
qo‘yuvchi kishi boshqarmog‘i zarur, deb hisoblaydi.
Har qanday jamiyatda ham fuqarolaming katta qismini xotin- 
qizlar tashkil etadi. Shuning uchun ham Berdah, jamiyat ha­
yotini insonparvarlashtirish xotin-qizlar turmush tarzi, ularning 
madaniy-ma’naviy saviyasi bilan bog'liqligini ta’kidlaydi. Jamiyat­
da ayollar bilan erkaklar teng bo‘lishi lozim. Shunday bo'lsada, 
ayol erkakning sodiq do'sti bo‘lib, erini qattiq sevishi va hurmat 
qilishi zarur. U ayolning katta qalin evaziga sotilishini qoralaydi. 
Bunday odatni aqlsizlik va axloqsizlik alomati, deb baholaydi. 
Jamiyat hayotidagi urf-odatlar ayol izzat-nafsiga tegadi, insoniy 
haq-huquqlarini poymol qiladi. Qoraqalpoq shoiri xotin-qizlar- 
ning insoniy haq-huquqlarini himoya qilishga chaqiradi.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin