O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Mashhur fransuz adibi, publitsisti, faylasufi Fransua Arne Volter 1694-yilda



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə222/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A


Mashhur fransuz adibi, publitsisti, faylasufi Fransua Arne Volter 1694-yilda
tavallud topgan. Boshlang'ich m a’lumotni Parijda olgan. Uning falsafiy qarash­
larini shakllanishida Angliya m a’rifatparvarlarining ta’siri kuchli bo‘lgan. 1726—
1729-yillarda Angliya b o‘ylab safar qilgan. 1734—1749-yillarda Lotarengiya yaqini­
dagi Sireda qal’asida yashagan. 1770—1773-yillarda Prussiya qiroli Fridrix II saroyida
xizmat qilgan. 1758-yildan e ’tiboran Shveytsariyada yashagan. 1694-yil Parijga qaytib
kelgan va oradan ko‘p vaqt o ‘tmay vafot etgan.
295


jasiga ko‘tarilishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Insonning jami- 
yatdan ajralib qolishi uning ruhiy-ma’naviy tubanlashishiga olib 
kelgan. Jamiyatdan ajralib, yakka yashagan odamda, tuigan gapki, 
fikrlash qobiliyati ham bo‘lmaydi, degan fikr-mulohazalarni 
bayon qilishi bilan fransuz mutafakkiri Volter ba’zi birovlar- 
ning, go‘yo odam aslida alohida yashash uchun tug‘ilgan, ja ­
miyat ularning haqiqiy tabiatini buzib yuborgan, degan bema’ni 
flkr-mulohazalariga zarba beradi.
Volter, inson ongi va shuurida Xudo to‘g‘risidagi tasawurlar 
qanday paydo bo‘lganligi to ‘g‘risida fikr-mulohaza yuritib, odam 
tugMlgan vaqtida uning ongida Xudo to‘g‘risida hech qanday 
tasaw ur bo‘lmaydi. Insonning umri o'tishi bilan, unda Xudo 
to ‘g‘risida tasawur hosil bo‘ladi, degan g‘oyani har tomonlama 
isbotlashga harakat qildi1.
Volter inson erkin bo‘lmog‘i zarur deb hisoblaydi. Lekin 
erkinlikni sof abstrakt, huquqiy va siyosiy ma’noda tushunar 
edi. Uning e’tirof etishicha, erkinlik deganda birinchi galda, 
ozodlikni tushunmoq zarur. Odamlarga ko‘proq so‘z erkinligi 
berishni talab qilar edi. Uning fikriga muvofiq, insonning ozodli- 
gi, erkin bo‘lishi — mavjud tuzumga, o‘sha tuzumni oqilona 
boshqarishga bog‘liq. Volterning fikricha, oqilona davlat tuzumi 
tepasida m a’rifatli monarx (podshoh) turishi lozim.
Inson to‘g‘risidagi falsafiy fikrlar taraqqiyotiga munosib hissa 
qo‘shgan XVIII asr fransuz m a’rifatparvar faylasuflaridan biri 
Jan Jak Russodir2. U odamlarning nasl-nasabidan qat’iy nazar, 
ularning tengligini yoqlab chiqdi. 0 ‘z ijodining dastlabki payt- 
larida jamiyatda vujudga kelgan ijtimoiy tengsizlikning sabablarini 
fan va madaniyatning taraqqiyotidan izladi. Uning tushunti­
rishicha, fan taraqqiyoti odamlarning axloqiy qiyofasiga salbiy 
ta ’sir etadi. Russo fan va madaniyatning rivojlanishi insoniyatga

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin