ni qabul qilishning zaruriy natijasidir.
Ingliz mutafakkiri har
bir kishining xususiy manfaatini huquqiy normalar himoya qilishi
zarurligini alohida ta ’kidlaydi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalarga tayanib shuni ishonch bilan
aytish mumkinki, Jon Lokk Yevropada ma’rifatparvarlik g‘oyalarini
shakllantirishga muhim hissa qo‘shdi.
Uning vatani Angliya esa
Yevropada ma’rifatparvarlik g‘oyalari vatani bo‘lib qoldi.
Shunday qilib, XVII asr ingliz faylasuflari Frensis Bekon,
Tomas Gobss, Jon Lokk asarlarida inson borlig‘ining nafaqat
tabiiy, balki ijtimoiy tomonlari ham har tomonlama tahlil qilindi.
Ingliz mutafakkirlarining inson to ‘g‘risidagi progressiv fikrlari-
dan biri —
barchaning tengligi, insonning grajdanlik huquqlari
haqidagi mulohazalaridir. Shuningdek, inson farovonligi,
baxt-
saodatini ta’minlovchi jamiyat qurish haqidagi orzulari, bunday
xayrli ishga to‘sqinlik qiluvchi ijtimoiy illatlarning fosh qilinishi
diqqatga molikdir.
XVII
asr ingliz faylasuflarining barkamol inson to‘g‘risidagi
qarashlarining Fransiyada targ‘ibot va tashviqot
qilinishida fransuz
ma’rifatparvarlaridan Fransua Mari Arne Volter va Etenna Bonno
de Kondilyakning (1715—1780-y.) xizmatlari yuksak bo‘ldi.
Jon Lokk qarashlarining jonkuyar targ‘ibotchisi Volterning1
fikriga ko‘ra inson — ijtimoiy mavjudotdir. Insonning ijtimoiy
mavjudot bo‘lishiga sabab, u hamisha odamlarning turli jamoa-
lari orasida faoliyat ko‘rsatadi.
Shunday ekan, odamlar hamisha
bir-birlari bilan teng bo‘lmoqlari zarur deb hisoblaydi. Tenglik
deganda Volter, birinchi galda,
kishilarning siyosat, qonun va
huquq oldidagi tengliklarini tushunadi. Lekin u ijtimoiy va mulkiy
tengsizlikni jamiyatning normal rivojlanishi va ijtimoiy muvoza-
natini
saqlab turuvchi asos, deb bilar edi.
Volterning fikriga ko‘ra, inson jamiyatdan tashqarida yashay
olmaydi. Shuning uchun ham odamlar azal-azaldan jamoa bo‘lib
yashashga intilganlar. Xuddi o‘sha intilish odamning inson dara-
Dostları ilə paylaş: