O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Локк Дж. Сочинения. В трех томах. Том 1. М ., 1985, 154-bet



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Локк Дж. Сочинения. В трех томах. Том 1. М ., 1985, 154-bet.
2 O'sha asar, 202-betlar.
293


tushunib olishlari darkor. Har bir fuqaroda «ezgulikka qaratilgan 
turmush va amaliy faoliyatga, nimasi bilan o‘z mamlakatiga 
foydasi tegishi mumkinligi haqidagi ehtiyojni o‘rganishga intilish 
istagi»1 shakllanishi lozim. «Butun tarbiya san’ati qalbni ezgulik 
bilan qurollantirishga, uni yanada mustahkamlashga qaratilmog‘i 
lozim»2. Tarbiyaning samaradorligi, Lokk fikricha, jamiyat bilan 
shaxs o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikning mustahkamligiga bog‘liq. 
Jamiyat bilan shaxs orasida o‘zaro aloqadorlikning mustahkam- 
ligi esa ayrim individga, uning har tomonlama kamol topishiga, 
ch unonchi, jism oniy, ruhiy va aqliy rivojlanish birligi 
ta’minlanganligiga bog‘liqdir.
Lokkning e’tirof etishicha, insonning baxt-saodatga erishuvi 
ko‘pchilik hollarda uning o‘ziga bog‘liq. «Tarbiya haqida muloha- 
zalar» (1693-y.)asarida yozganidek, bu olamdagi baxtiyorlik ho- 
latining to‘la va eng qisqa tavsifi — sog‘lom tanada sog‘lom 
qalbning bo‘lishidir. Kimki o‘zida unisini ham, bunisini ham 
mujassam qilsa, unga ozgina istak bildirishning o‘zi kifoya; kim­
ki uning birontasidan benasib bo‘lib qolgan bo‘lsa, bunday 
kishiga oz bo‘lsada o‘rnini bosuvchi kompensatsiya berish lozim 
bo‘ladi. Insonning baxtli yoki baxtsiz bo‘lishi aksariyat hollarda 
uning o‘z qoMida bo‘ladi. 0 ‘z qalbini chinakamiga boshqara bil- 
magan kishi, hayotda to ‘g‘ri yo‘l topa olmaydi. Tanasi zaif va 
sog‘lom bo‘lmagan kishi ham hech qachon to ‘g‘ri yo‘ldan 
borishga qodir bo‘lmaydi. Jismonan bardam va ma’naviy yetuk 
kishilargina turli mo‘jizalar yaratishga qodir bo‘ladi3.
Mashhur fizik Isaak Nyutonning qardon do‘sti Jon Lokk, 
yuqorida biz eslatib o ‘tgan «Inson aqli to‘g‘risidagi tajriba» asa­
rida, nafaqat metafizikaning sensualistik tanqidi, nafaqat em- 
pirik bilish nazariyasi, balki tabiiy huquq prinsiplarini ham 
ishlab chiqdi. Lokkning tushuntirishicha, insondan doimo beg- 
onalashmaydigan huquqlarga uch asosiy huquq: yashash, erkin- 
lik va mulk kiradi. Mulkka ega bo‘lish huquqi, inson mehnatiga 
beriladigan baho bilan bevosita bog‘liq. Shuning uchun ham 
Lokkning ta’kidlashicha, mulk inson mehnatining natijasidir. In- 
dividning huquqiy tengligi o‘sha uchta begonalashmaslik huquqi-

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin