beradi. Shuningdek, sezgilar orqali olingan olam haqidagi
ma’lumotlar zehnda, ya’ni aql oynasida har tomonlama charx-
lanadi. Boshqacha aytganimizda, mutafakkirning fikriga ko‘ra,
inson aqlida tashqi olamdagi
barcha narsalaming suratlari, obraz-
lari o‘z ifodasini topadi. Fikrlar, mulohazalar tashqi olamning
inson miyasidagi in’ikosidir.
Bedil asarlarida insonning jamiyatda tutgan mavqei, o‘zida
ikki olam (sag‘ir va kabir)ni mujassam etuvchi ma’naviy-axlo-
qiy fazilatlari, xususan, olami sag‘irda bo‘layotgan o‘zgarishlarni
har tomonlama tahlil etadi. O'zining «Irfon» dostonida inson
ning insoniyligini
ifodalovchi turli fazilatlar, xislatlar haqida
fikr yuritadi. Uning fikriga ko‘ra, inson o‘ta murakkab majmua,
unda hali bilinmagan sirlar ko'p1. Insonda barcha yaxshiliklar,
m o‘jizalar mavjud bo‘lishi bilan birga,
turli fisq-u fasod, fit-
nalarning ildizi ham unga borib taqaladi.
Mutafakkir inson erkinligi, kishi tafakkuri hurligini orzu
qiladi. U ko‘p millatli mamlakat Hindiston xalqlariga e’tiqodi,
turli dinlarga mansubligidan qat’i nazar bir xil ko‘z bilan
qaraydi. Hamma yagona inson urug‘idan tarqalgan, deb hisob
laydi.
U ham braxmanlarni, ham shayx-zohidlarni bab-barobar
tanqid ostiga oladi. Musulmonlarning tavakkul — taqdirga tan
berish, braxmanlarning tanosuh — jonning ko‘chib yurishi
nazariyalarini bema’ni, quruq gaplar deydi. U insonni «Eng oliy
vujud», deb biladi, uni «Hazrati inson», deb atadi.
Shuning
bilan birga, u insondagi kamchiliklar: tanballik, makr, xiyo-
nat, qalloblik, ochko‘zlik, xasislik,
kibr-u havo, manmanlik
kabi illatlar bilan tinimsiz kurashdi. Insonni barkamol va benuq-
son ko‘rishni istadi. Mehnat odamni inson darajasiga ko'targanini
alohida ta’kidladi. Mehnatsevarlik bilan bilimdonlik, muhabbat
bilan vafodorlik, biri ikkinchisi bilan o‘zaro aloqador ekan
ligini tushuntirib berdi.
ч Mirza Bedil inson Olloh tomonidan yaratilgan o‘ziga xos,
tengi yo‘q mo‘jiza ekanligini ta’kidlab, uni o‘zligini
bilishga
da’vat etadi. Inson bisotida mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlar
— yaxshilik, ezgulikka xizmat qilmog‘i darkor. Insonning o‘zligini
anglashi jamiyat, xalq oldidagi mas’uliyatini tushunib yetishga
olib kelmog‘i zarur, deb hisoblaydi.
Dostları ilə paylaş: