O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Семенов A.A. Заботый Среднеазиатский философ XVII века и его “Трактат



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Семенов A.A. Заботый Среднеазиатский философ XVII века и его “Трактат
Оч сокры том” (Известия общества для изучения таджикских и иранских
народностей за его пределами). Том 1. Тошкент, 1928, 161—163-betlar.
2 Boborahim Mashrab 1640-yiIda Namanganning Andigon qishlog'ida kosib-
b o‘zchi Valibobo oilasida dunyoga keldi. Boshlang‘ich bilimni namanganlik Bozor
Oxunddan oldi. 
1655-yildan e ’tiboran qashg‘arlik mashhur so ‘fiу Hidoyatullo
Ofoq Hojadan saboq oldi. SoTiylik sirlarini o'rgandi. 1672—1673-yilda Ofoq Xoja
dargohini tark etdi. Namanganga kasalmand onasi Bibi Salima huzuriga qaytdi.
Onasi vafotidan so ‘ng deyarli qirq yillik umri safarda, darbadarlikda o ‘tdi.
Amaldorlar riyokor ruhoniylar, mutassib mullalarni uzluksiz tanqid qildi. 1711-
yilda Balx viloyati, Kunduz shahar hokimining farmoni bilan osib o ‘ldirildi.
277


fazilatlar, xislatlar, xosiyatlar Xudodan olingan, shuning uchun 
ham Ollohni sevgan har bir kishi, yaxshi odamlarni sevishlari, 
qattiq hurmat qilishlari zarur, deb hisoblaydi.
Mashrab o‘zi yashagan jamiyatdagi barcha noxushliklarning, 
odamlar boshiga tushgan jabr-u sitamlarning sababini adolatsiz- 
likdan, zo‘ravonlikdan, jamiyatning boshqaruv iplarini o ‘z 
qo‘Ilarida ushlab turgan amaldorlar, dindorlar faoliyatidan izlaydi. 
Uning fikriga ko‘ra, insonga bo‘lgan munosabatlardagi adolat- 
sizliklarni fosh etish, jamiyatda inson yovuzlikka qarshi kurash 
olib bormoq uchun qalandar bo‘lish lozim. Adolatsizlik, jabr- 
zulm, zo'ravonlik, o‘zboshimchalikka qarshi kurashni va bu borada 
haqiqatga erishishning birdan-bir yoMi qalandarlik deb biladi. 
Qalandarlik vositasi bilan inson axloqiy poklikka erishish i mum­
kin, deb hisoblaydi. Buning uchun adolattalab, insonparvar 
kishilar boshiga kuloh, ustiga janda kiyishi, qo‘lida aso tutib, 
shaharma-shahar, qishloqma-qishloq kezib, odamlarni halollik- 
ka, hokim-u boyvachchalarni insof-u diyonatga chorlashi zarur. 
Insonparvar, adolatparvar kishining o‘zi, eng awalo, nafsini 
tiyishi, mol-u dunyo to‘plashga intilmasligi, ozga qanoat qilishi, 
o‘zining halol mehnati bilan kun kechirishi, hatto birovlar 
bergan xayr-u ehsonni ham olmasliklari, puldor boylar bilan 
hamtovoq bo‘lmasliklari darkor.
Boborahim Mashrab odamlarni xushxulq, xushsuxan bo'lishga 
da’vat etadi. Ularni g‘ayriinsoniy qiliqlardan uzoq turish, takab- 
burlik qilmaslik, yolg‘on so‘zlam aslikka undaydi. Uning 
ta ’kidlashicha, kishi hech qachon o‘zining nasli-nasabi, avlod- 
ajdodi bilan mag‘rurlanmasligi, o‘z imon-u e’tiqodini sotmas- 
ligi lozim.
Shoir ijodida mehnatkash fuqaroning orzu-umidlari, g‘am-u 
tashvishlari o ‘z ifodasini topdi. Ilohiy sevgi, Xudoga muhabbat 
jozibali tasvirlandi. Mehnatkash xalq chinakam baxt-saodatdan 
mahrum ekanligi haqida ro‘y-rost gapirdi. Mashrab kishilar og‘ir 
ahvolini 
0
‘zining mashaqqatli turmushini tasvirlash orqali ba­
yon etdi. Boshiga tushgan musibatlar sababchisi qilib sevimli 
yorining bevafoligini ko‘rsatdi. Odamlar turmush tarzidagi baxt- 
sizlikning sababini tengsizlikdan, adolatsizlikdan izladi. Farovon 
turmush, xushchaqchaq kunlami qo‘msadi. Shunday kunlarga 
yetishni orzu qildi. Insondagi barcha yaxshi fazilatlar va xislat-
278


lami Xudo bilan bog‘ladi. Faqat Xudoni chinakamiga sevgan 
kishida eng olijanob insoniy fazilatlar, xislatlar mujassam bo‘ladi. 
Shuning uchun ham shoir o‘z asarlarida ilohiy muhabbat, Xudo 
bilan qovushish haqida fikr yuritadi. Odamlarda eng yaxshi insoniy 
fazilatlami shakllantirish yo‘Ilari, uslublarini izlaydi. Bir-biriga 
hamdard, vafodor bo'lishga, jamiyatdan g'ayriinsoniy illatlarni 
surib chiqarishga chaqiradi.
Mashrabning fikriga muvofiq, axloqiy poklikning eng muhim 
ko‘rsatkichi — ota va onani hurmat qilishdir. Farzand hech 
qachon o‘z ota-onasiga xiyonat qilmasligi, ularning hurmat- 
izzatini hamisha joyiga qo'yishi darkor. Shoir onani mo‘min- 
musulmonlaming eng muqaddas sajdagohi — Ka’baga qiyoslaydi. 
Otani esa ko‘zning gavhariga, sham bo‘lib ravshan yonib turuv- 
chi nurga o‘xshatadi. Ota-onani hurmat-izzat qilishga chaqiradi. 
Otani ranjitgan farzand hech qachon unib-o‘smasligini, chunki 
otaning duosi, hatto Payg‘ambar duosidan ham ustunroq tu- 
rishini ta ’kidlaydi.
Boborahim Mashrab odamlarni m a’rifatli bo‘lishga, bilim, 
hunar egallashga chaqirish bilan birga, zolim va nodon, firib- 
gar va axloqsiz kishilarni diyonat va adolatga, insof va 
haqgo‘ylikka chaqiradi. U o‘z davri uchun ijodiy faol ish olib 
borib, hikoyatlar, axloqiy-ma’rifiy g'azallar yaratdi. Ularda 
insoniy barkamollikni taig‘ib etish bilan birga, munofiqlikni 
keskin qoraladi, kishilarni hamjihat va hurfikr bo‘lib yashashga 
undadi.
Musulmon insonparvarligi normalari, prinsiplariga sodiq qol- 
gan Mashrab, islom dini talabalarini asosan tan olsada, uning 
ayrim tomonlarini tan olmas, ba’zan ularga shubha bilan qarar- 
di. Hatto ayrim diniy aqidalami, «muqaddas» marosimlami men- 
simay, ularni o‘zgartirish tarafdori edi. Ayrim din arboblarining 
so‘zi bilan ishi bir emasligi uchun ularni qattiq tanqid qilardi1. 
Shuning uchun dindorlar Mashrabni ashaddiy dushman, deb 
bilardilar. Dindorlami hajv qilgani uchun 1711-yilda Balx hoki- 
mi Mahmudxon farmoni bilan ma’rifatparvar, insonparvar shoir 
osib o‘ldirildi.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin