al-Hindi, Qozi Muboraklarning inson to‘g‘risidagi qarashlari
asosida ratsionalizm va sensualizm g‘oyalari yotadi.
XVI—XVII asrlar musulmon falsafasida inson borlig‘i to‘g‘risidagi
falsafiy bilimlami yangi dalillar bilan boyitgan faylasuflardan biri
Yusuf Qorabog‘iy edi1. Uning inson to‘g‘risidagi qarashlarining
g‘oyaviy-nazariy asosini Muhammad G ‘azzoliy va Muhyiddin Ara
biy asos solgan «vahdati vujud» ta’limoti tashkil etadi.
Sharqning buyuk insonshunos allomalari Najmiddin Kubro,
Aziziddin Nasafiyning odam va olam to‘g‘risidagi qarashlarini
har tomonlama rivojlantirgan Yusuf Qorabog‘iy o'zining «Yetti
jannat risolasi»da inson tanasida koinotda mavjud bo'lgan barcha
narsalarning zarralari bor, inson tanasi bilan uni o ‘rab tuigan
atrof-muhit orasida doimiy aloqadorlik mavjud, deb tushuntiradi.
Shuning uchun katta olamning barcha xususiyatlari inson tana
sida (kichik olamda) o ‘z ifodasini topadi. Uning fikriga ko‘ra
«Garchi olam jismlari holati va uning ajib xususiyatlari shu
qadar turli-tuman o'laroq tasawurda xayoliy bo‘lib ko‘rinsada,
darhaqiqat, bu jismlar zehni o‘tkir ongli odamlar nazdida katta
olamning aynan nusxasidir, ular ba’zan falaklar va unda mavju-
dotdan iborat boMgan «universal jonzot», deb ataladi. Universal
jonzotda Quyosh — yurak, Oy — oshqozon, Saturn — qora
taloq, Yupiter — jigar, Mars — o‘t xaltasi, Venera — buyrak
va Merkuriy — miya»2, deb yuritiladi. Shunday qilib, inson
borlig'ida butun olam o‘z ifodasini topadi.
Yusuf Qorabog‘iy inson ruhiy olamini har tomonlama
o'rganganligi bilan o‘z zamondosh olimlaridan ajralib turadi.
Qorabog'iy inson borlig‘i, xususan, insonning ruhiy holati,
ruh bilan tananing o‘zaro aloqadorligi haqida fikr-mulohaza yurit-
ganda, Sharq perepatiklar maktabining buyuk namoyandalari —
Dostları ilə paylaş: